O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jamiyat
Pillachilikdagi muxim yangilik 08.05.2019JamiyatBugungi kunda g‘alla, beda, sabzavot, bog‘ va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kimyoviy ishlovlar o‘tkazilishi jarayonlarida sepilgan zaharli ximikatlar dala atrofidagi tut daraxtlari barglariga ham tushganligi oqibatida, shu tut barglaridan parvarishlanayotgan tut ipak qurtlarini zaharlanish holatlari uchramoqda. |
O‘zbekiston va BAA: hukumat ishini modernizatsiya qilishda strategik sheriklikni amalga oshirish 08.05.2019JamiyatAdliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi tarkibida Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)da bo‘lib turibdi. Delegatsiya tashrifi ikki mamlakat o‘rtasida xizmatlarni rivojlantirish, institutsional samaradorlik, salohiyat va malakani oshirishga e’tibor qaratgan holda hukumatlar ishida tajriba va amaliyot almashishga qaratilgan 57 ta qo‘shma tashabbus ishga tushirilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. |
Viloyat hokimi yoshlar bilan uchrashdi 08.05.2019JamiyatAndijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar bilan uchrashib, ochiq suhbat o‘tkazdi. |
Bayram tadbirlari davom etadi: “Humo arena”da vatanparvarlik festivali o‘tkazilyapti 08.05.2019Jamiyat7-may kuni “Humo arena” muz saroyi hovlisidagi ochiq maydonda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan vatanparvarlik festivali o‘tkazildi. |
Andijonda zamonaviy ish uslublari 08.05.2019JamiyatJinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda Andijon viloyati ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlariga «Namunali hudud» tajribasini yaratish doirasida “Profinspektor” dasturiy ta’minoti o‘rnatilgan mobil telefonlar topshirildi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ushbu mobil telefonlar orqali profilaktika inspektorlari biriktirilgan hududni monitoring qilish, tahliliy geoaxborot tizimi, statistikasi va nazoratini olib borish imkoniyatini beradi. |
AQSh delegatsiyasining "O‘zstandart" agentligiga tashrifi 07.05.2019JamiyatAQSh Savdo Vazirligi qoshidagi Tijorat Huquqlarini Rivojlantirish Dasturining (CLDP) Xalqaro Advokatlar maslahatchisi M.Kofild boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi "O‘zstandart" agentligiga tashrif buyurdi. |
XTV tomonidan 5 tashabbus bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov, festival va sport musobaqalari belgilandi 07.05.2019JamiyatXalq ta’limi vazirligi tomonidan Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ilgari surgan 5 ta tashabbus ijrosini ta’minlash buyicha keng ko‘lamli sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Xususan, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uyg‘otish hamda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida turli ko‘rik-tanlov, festivallar o‘tkazilishi rejalashtirildi. |
07.05.2019Jamiyat O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Ikkinchi jahon urushi faxriylariga ehtirom ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish bo‘yicha qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. |
Qahramonlar hamisha e’zozda, e’tiborda 06.05.2019Jamiyat4-may kuni Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari A.Karimov boshchiligidagi bir guruh viloyat faollari Yangiyer shahri “Obod yurt” mahallasida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Seminov Aleksey xonadoniga tashrif buyurib, muhtaram Prezidentimiz tomonidan ajratilgan 7,5 million so‘m pul mablag‘i hamda viloyat hokimining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alarini topshirishdi. |
Arnasoy tumanida Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisiga Prezident sovg‘asi topshirildi 06.05.2019JamiyatInsoniyat tarixida oltmish milliondan ziyod odamlarning yostig‘ini quritgan Ikkinchi jahon o‘rishida O‘zbekistondan bir yarim milliondan ziyod ota-bobolarimiz uzoq sovuq o‘lkalarda Vatan ozodligi uchun jang qilishdi. |
Urush faxriylariga Prezidentimiz tabrigi va pul mukofoti topshirildi 06.05.2019JamiyatBuxoro viloyatida istiqomat qilayotgan urush faxriylariga Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 74 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tabrigi va pul mukofoti tantanali topshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 23 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq amalga oshirilayotgan bunday saxovat tadbirlaridan nuroniylar mamnun. |
06.05.2019Jamiyat Shu kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida Vatanimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan faxriylarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, ular holidan xabar olinmoqda. |
Poytaxt tumanlarida «Tashabbus — 2019» ko‘rik tanlovi o‘tkazilmoqda 06.05.2019JamiyatToshketlik tadbirkorlar tomonidan qanday mahsulotlar ishlab chiqarilayotgani sizga qiziqmi, hunarmandlarning yangi va o‘ziga xos uslubdagi ijod mahsullarichi, poytaxtimizda amalga oshirilayotgan biznes loyihalariga ham befarq bo‘lmasangiz kerak? Shunday bo‘lsa ayni kunlarda shahrimiz tumanlarida o‘tkazilayotgan «Tashabbus — 2019» ko‘rik tanlovining tuman bosqichlari tadbirlarida ishtirok eting. |
Intellektual mulk sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik choralari belgilandi 06.05.2019JamiyatIntellektual mulk ob'ektlariga huquq egalarining mutlaq huquqlari himoyasini ta'minlash hamda intellektual mulk ob'ektlaridan qonunga xilof foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 maydagi O'RQ-534-son Qonuni bilan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. |
Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi 06.05.2019Jamiyat4-may kuni Aloqa tarixi muzeyida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” hamda aloqa sohasi xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tantanali taqdirlash marosimi tashkil qilindi. |
Qudratli texnikalar bellashuvi yakunlandi. G‘oliblar nomi ma’lum 06.05.2019Jamiyat5 may kuni “Chirchiq” poligonida “Xotira va Qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan va Mudofaa vazirligi miqyosida 5 kundan buyon o‘tkazib kelinayotgan Tank biatloni musobaqasining final bosqichi yakuniga yetdi. |
06.05.2019Jamiyat Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xodimlarning intellektual salohiyati, siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ulug‘ ajdodlarimizning ma’naviy merosini, ularning noyob asarlari, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. |
O‘zbekistonlik jurnalistlar AQSh rasmiy doiralari vakillari bilan uchrashmoqda 06.05.2019JamiyatShu kunlarda O‘zbekistonning markaziy OAV vakillari AQShda davlat boshqaruvi, axborot kommunikatsiya tizimlari, jurnalistik tashkilotlar va matbuot xizmatlari faoliyati bilan yaqindan tanishish va hamkorlik o‘rnatish maqsadida Vashington, Baltimor va Minneapolis hududlarida bo‘ldi. |
06.05.2019Jamiyat |
Xizmatlar sifatini oshirishda axborot texnogiyalarning o‘rni 03.05.2019JamiyatJoriy yilning 29 aprel – 18 may kunlari Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) bilan hamkorlikda olib borilayotgan “Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali “O‘zstandart” agentligi salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida bir guruh koreyalik mutaxassislar “O‘zstandart” agentligida standartlashtirish sohasida yangi axborot tizimini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish ustida ish olib bormoqdalar. |