O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Shimkent universiteti delegatsiyasi Samaqarqandga tashrif buyurdi

19.04.2019Jamiyat

Joriy yilning 17 aprelida Samarqand davlat chet tillar institutiga Qozog‘istonning Shimkent universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehnat sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati

19.04.2019Jamiyat

2019-yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida akademik Qalandar Abdurahmonov bilan mehnat sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Bayram Samarqandda nishonlandi

19.04.2019Jamiyat

2017 yil 18 aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi. 2018 yil 2 aprelda esa “Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi va 18 aprel – Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kuni etib belgilandi.

Ixtirochi harbiylar. “Farg‘ona” poligonida ratsionalizatorlik ishlari namoyish etildi

18.04.2019Jamiyat

“Farg‘ona” poligonida Sharqiy harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalari o‘rtasida ixtirochilik, ratsionalizatorlik va innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Buxoroda sud raislarining axboroti tinglandi

17.04.2019Jamiyat

Joriy yilning o‘tgan davr mobaynida Buxoro viloyatida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan jami 501 nafar shaxsga nisbatan 402 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.

Surxondaryoda serjantlar forumi: poligonda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

17.04.2019Jamiyat

Termiz shahridagi harbiy qismlardan birida Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi serjantlari forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy reytinglardagi o‘rni

17.04.2019Jamiyat

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyati ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliyaviy maydonga ilk qadami” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

«Bir makon-bir yo‘l» hamkorlikdagi qurilishda o‘zbek-xitoy hamkorligi salohiyati

17.04.2019Jamiyat

2019 yilning 16 aprel kuni Toshkentda «Bir makon-bir yo‘l» tashabbusining amalga oshirilishida o‘zbek-xitoy hamkorligi salohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Davyergeodezkadastr qo‘mitasi delegatsiyasining uchrashuvi

16.04.2019Jamiyat

2019-yil 11-aprel kuni Davyergeodezkadastr qo‘mitasi delegatsiyasi Vengriya Bosh vaziri ma’muriyatiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida qo‘mita raisi o‘rinbosari A. Mamatov va Davlat kotibi, Vengriya davlat boshqaruvi vaziri janob Benche Tussonning ikki tomonlama rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida janob Benche Tusson Vengriyada davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida olib borilayotgan ishlar xususida batafsil bayon etdi. Shundan so‘ng janob Benche Tusson Vengriya parlamenti binosi ichida delegatsiya a’zolari uchun ekskursiya o‘tkazdi va parlament binosi qurilishi tarixi haqida batafsil so‘zlab berdi.

Xalq taʼlimi vazirligi izohi

16.04.2019Jamiyat

Internet nashrlarida eʼlon qilingan “Maktabda janjal: Toshkentda direktorning qarindoshi oʻquvchilarni ayovsiz kaltaklayapti” jurnalistik surishtiruviga Xalq taʼlimi vazirligi quyidagicha izoh bildiradi:

Fransiyaning Markaziy Osiyodagi ilk faxriy konsulligi Samarqandda ochildi

16.04.2019Jamiyat

Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar bo‘yicha vaziri huzuridagi davlat kotibi Jan–Batist Lemuan boshchiligidagi delegatsiya a’zolari yurtimizga tashrifini 16 aprel kuni Samarqanddan boshladi.

Kvon Yon U: O‘zbekistondagi islohotlar siyosati koreys sarmoyadorlarini mamlakatingizga jalb qilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda

16.04.2019Jamiyat

O‘zbekiston va Janubiy Koreyani tarixiy aloqalar, mustahkam do‘stlik, strategik sheriklik va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari bog‘lab turadi. Ushbu mamlakat O‘zbekistonning asosiy xorijiy hamkorlaridan biri sifatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayoni va eksportni oshirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.

Jizzaxlik soliqchilar #kitobchellenj aksiyasida 700 dan ortiq kitobni maktablarga sovg‘a qilishdi

16.04.2019Jamiyat

Prezidentimiz raisligida joriy yil 19 mart kuni yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni yuksaltirish masalasiga alohida e'tibor qaratilib, mavjud kutubxonalar ahvoli tanqidiy tahlil qilingan edi.

Suv xo‘jaligi vazirligining navbatdagi hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

15.04.2019Jamiyat

Joriy yilning 13 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida 2019 yilning I choragida tizimda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yakunlari hamda II chorak uchun belgilangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Videoselektor shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda hay'at a'zolari, vazirlik markaziy apparati mas'ul xodimlari, tizimdagi respublika tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar irrigasiya tizimlari havza boshqarmalari va suv xo‘jaligi tashkilot va korxonalari rahbarlari ishtirok etdi.