O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pillachilikdagi muxim yangilik

2019-05-08 | Jamiyat

Bugungi kunda g‘alla, beda, sabzavot, bog‘ va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kimyoviy ishlovlar o‘tkazilishi jarayonlarida sepilgan zaharli ximikatlar dala atrofidagi tut daraxtlari barglariga ham tushganligi oqibatida, shu tut barglaridan parvarishlanayotgan tut ipak qurtlarini zaharlanish holatlari uchramoqda.

Tut ipak qurtlarining tut bargidan zaharlanish belgilari:

Tut ipak qurtlari kichik (1-,2- va 3-) yoshlarida tut bargidan zaharlangan paytda yegan tut bargini qusmaydi, faqat kalla chayqaydi va tez harakatlanib, so‘kchak atrofiga chiqishga harakat qiladi. Katta (4- va5-) yoshlarda esa tut bargidan zaharlanganda yegan tut bargini albatta qusadi, doimiy ravishda kalla chayqab turadi hamda so‘kchak chetlariga qochadi. Tut ipak qurtlarini ushbu harakatlariga qarab, ularning tut bargidan zaharlanganligini bilish mumkin.

Bunday hollarda tut ipak qurtlari zaharlangan paytdan boshlab 3-5 soat ichida quyidagi tadbirni amalga oshirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Tut ipak qurtlarining zaharlanish holatlari sezilgan vaqtdan boshlab, zaharlangan tut barglarni qayta yemasligi uchun g‘o‘zapoya kuli doka (marli)ga solinib, u (tut ipak qurt)larning ustiga bir tekis qilib sepib chiqiladi va shunda tut ipak qurtlari tut bargini yemasdan sepilgan kulning ustiga chiqib oladi.

O‘zimizda yetishtirilgan mahalliy moshning 1 (bir) kg 8-10 litr toza ichimlik suviga solinib, suv 1,5-2 soat rangi o‘zgarguncha (yashil tusga kirguncha) qaynatiladi, keyin u sovutilib, dokadan o‘tkaziladi va plyonka ustiga tut barglari yoyib qo‘yilib, tayyorlangan mosh suvi sepib chiqiladi (mosh suvi hamma tut bargiga bir tekisda sepilishi shart) va mosh suvi sepilgan tut barglari plyonka ostida 15-20 daqiqa ya’ni tut bargi mosh suvini o‘ziga shimib olishi uchun ushlab turiladi hamda ushbu tut barglari tut ipak qurtlarga bir tekis qilib solib chiqiladi. Tut ipak qurtlari tut bargini yegandan so‘ng 2 va 3 marotoba toza so‘limagan tut bargi bilan boqib boriladi.

Zaharlanishning ikkinchi kunidan boshlab, tut ipak qurtlarini batamom zaharlanishdan holi bo‘lishi uchun 8-10 litr toza ichimlik suviga 250 gr toza spirt solib yaxshilab aralashtiriladi, plyonka ustiga tut barglarini yoyib, tayyorlangan spirtli suv bir tekis qilib sepib chiqiladi va 15-20 daqiqa plyonka ostida saqlanadi va keyin tut ipak qurtlariga beriladi.

Ushbu tadbirlarni o‘tkazish davrida tut ipak qurtlarining kichik yoshlarida xonadagi harorat 26-27 darajada, katta yoshlarida esa xonadagi harorat 24-25 darajada, namlik esa 70-75 foiz bo‘lishi va xonani har 1,5-2 soatda 15-20 daqiqa shamollatib turish talab etiladi. Ushbu tadbirlar o‘z vaqtida va aniq bajarilsa zaharlangan tut ipak qurtlarning 90-95 foizini saqlab qolish imkoniyati yaratiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, har bir hududga biriktirilgan vakillar, agronomlar va pillachilik birigadirlari har kuni tut ipak qurti boquvchilarning xonadoniga kirib, holatni o‘rganib, tut ipak qurti boqish agrotexnikasiga qat’iy rioya etilishini nazoratga olishlari va zaharlangan tut ipak qurtlarini o‘sha kunning o‘zida davolash va zaharlanishini oldini olish bo‘yicha mutasaddi rahbarlar bilan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishlari zarur. Bu tadbirlar o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatadi.

Поделиться