O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bayram tadbirlari davom etadi: “Humo arena”da vatanparvarlik festivali o‘tkazilyapti
2019-05-08 | Jamiyat
7-may kuni “Humo arena” muz saroyi hovlisidagi ochiq maydonda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.
Festivalda senator, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzaaliev, Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi vakillari ishtirok etib, festival ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan bayram bilan muborakbod etdilar. Festivalga tashrif buyurgan hamyurtlarimizga o‘zbek va jahon klassik adabiyoti namunalari kitoblar tarqatildi.
Shuningdek, festival doirasida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda harbiy orkestrning chiqishlari namoyish etildi. Mahobatli harbiy texnikalar va qurol-aslaha namoyishi esa ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. “Humo arena” muz saroyi hovlisidagi ochiq maydonda 9-may kuniga qadar davom etadi.
“Vatanparvarlik” festivali Nukus shahri markazida ham o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan barcha fuqarolarga “Sharaf lentalari” tarqatildi. Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri jamoasi hamda Safarbarlik chaqiruv rezervi batalyoni xizmatchilari tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi.