O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

O'zbekistonda zilzila sodir bo'ldi

04.06.2019Jamiyat

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 04.06.2019 da Toshkent vaqti bilan 09:47 (04.06.2019 da 04:47 Grinvich bo'yicha) O'zbekistonda zilzila sodir bo'ldi. 

Insonparvarlikning yuksak namunasi

04.06.2019JamiyatManba: O'zA

Mamlakatimizda bugungi kunda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ulkan bunyodkorlik, maʼnaviy sohadagi tub oʻzgarishlar zamirida azaldan xalqimizga xos boʻlgan bagʻrikenglik va kechirimlilik fazilatlari mujassam.

Kursantlar zirhli texnikalarda ko‘ngli o‘ksik bolajonlarni o‘zgacha tabriklashdi

01.06.2019JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

1-iyun kuni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti harbiy xizmatchilari Chirchiq shahrida joylashgan 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanvuchilari holidan xabar olib, ularni o‘zgacha usulda bayram bilan muborakbod etishdi.

O‘zbekiston elchisi “Oltin qalam” xalqaro tanlovi mukofotini topshirdi

01.06.2019JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2019-yilning 31-may kuni O‘zbekistonning Tojikistondagi Elchisi Ergash Shaismatov tantanali tarzda “Xalq ovozi” gazetasi bosh muharriri Yoqubjon Abdumanonzodaga “Oltin qalam” XIV milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov Tashkiliy qo‘mitasining diplom va sovg‘asini topshirdi. Tanlov yakunlari an’anaga ko‘ra 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kunida e’lon qilindi.

Iydi Ramazon arafasida bir guruh mahkuma ayollar jazodan ozod etildi

01.06.2019JamiyatManba: O'zA

Davlatimizda olib borilayotgan insonparvarlikka yoʻgʻrilgan adolatli siyosat tufayli hayotda adashgan, jinoyat sodir etgan boʻlsa-da, xatosini tushunib, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan shaxslarga nisbatan yengilliklar berilmoqda, tayinlangan turli jazolardan ozod qilinmoqda.

Yaqin sharqdan olib kelingan 156 nafar oʻzbekistonlik Toshkent viloyatidagi sanatoriyga joylashtirildi

31.05.2019JamiyatManba: «Xalq So'zi»

Oʻzbekiston Maxsus komissiyasi Suriyadan olib kelingan 156 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻyicha bayonot berdi. Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov oʻzining Facebookʼdagi rasmiy sahifasida maʼlum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

30.05.2019JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2019-yilning 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan 156 nafar O‘zbekiston fuqarolari, asosan ayollar va bolalar maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindilar. Ular aldov yo‘llari bilan Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududiga borib qolgan edilar.

“Mehr” insonparvarlik operatsiyasi – bagʻrikenglik va olijanoblik ifodasi

30.05.2019JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Davlatimiz tomonidan muborak Ramazon oyida yana bir xayrli, ulkan ahamiyatga ega “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi amalga oshirildi.

Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘ydi

28.05.2019Jamiyat

Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.

OAV sohasini takomillashtirish masallari muhokamada

28.05.2019Jamiyat

Ayni vaqtda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari“ mavzusida respublika konferensiyasi boshlandi.

Fuqarolar va yuridik shaxslarga Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqi berilmoqda

27.05.2019Jamiyat

Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, www.regulation.gov.uz portaliga umummuhokama uchun joylashtirildi.

Farzand tarbiyasiga yetarli eʼtibor qaratmagan ota-onalar jarimaga tortildi

23.05.2019Jamiyat

Xalq taʼlimi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati tomonidan Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 17-umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi L.M va 10-sinf oʻquvchisi S.A oʻrtasida yuz bergan nizoli holat oʻrganib chiqildi.

O‘zbekistonning Italiyadagi Elchixonasi axboroti

23.05.2019Jamiyat

O‘zbekistonning Rim shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 22-may kuni Florensiyadan Sienaga (Italiya) borish yo‘lida ichida turistlar bo‘lgan avtobusning halokatga uchrashi natijasida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.