O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Intellektual mulk sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik choralari belgilandi

2019-05-06 | Jamiyat

Intellektual mulk ob'ektlariga huquq egalarining mutlaq huquqlari himoyasini ta'minlash hamda intellektual mulk ob'ektlaridan qonunga xilof foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 maydagi O'RQ-534-son Qonuni bilan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Xususan, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 177-moddasi "O'zganing tovar belgisidan, xizmat ko'rsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish" nomi ostida javobgarlik choralari aniq belgilangan holda o'zgartirilgan bo'lsa, shuningdek mazkur modda yangi tahrirdagi 1771 (Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) va 1772 (Ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga bo'lgan huquqlarni buzish) moddalari bilan to'ldirildi.

Mazkur kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalardan ko'zlangan asosiy maqsad - bu mamlakatimizda tadbirkorlik va kichik biznesni halol raqobat asosida rivojlanishini ta'minlash hamda investision muhitni yaxshilashdan iboratdir.

Поделиться