O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Milliy gvardiya uchun harbiy vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga qabul qachon va qanday boʻladi?

26.06.2019Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilgan ilk kunlardan boshlab, uning saflariga maʼnan boy, qadriyatlarimizga anʼana va urf-odatlarimizga sodiq, jismonan baquvvat va intellektual salohiyatli boʻlgan yoshlarni jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

TIV konsullik-huquqiy departamenti axboroti

26.06.2019Jamiyat

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yil 25-iyun kuni Ufa shahridan kelayotgan 382-son temir yo‘l reysining qolgan barcha yo‘lovchilari avtobuslar orqali Toshkent shahriga yuborildi.

“Toshkent dengizi” da harbiy xizmatchilarning parashyut bilan suvga sakrash mashqlari bo‘lib o‘tmoqda

26.06.2019Jamiyat

Mudofaa vazirligi maxsus bo‘linma harbiy xizmatchilarining “Toshkent dengizi” da parashyut bilan suvga sakrash bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘tgan 2018-yilda milliy armiyamizda ilk bora parashyut bilan suvga sakrash jangovar mashg‘uloti muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi.

Olmaliq KMK oʻz telekanalini ishga tushiradi

25.06.2019Jamiyat

Shu paytgacha Oʻzbekistonda hech bir yirik korxona oʻz xususiy telekanaliga ega emas edi. OKMK bu borada birinchi boʻladi.

“TEMP – 2019” Toshkent xalqaro forumi davom etmoqda

25.06.2019Jamiyat

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan kasaba uyushmalari yoshlarining “TEMP – 2019” Toshkent xalqaro forumi davom etmoqda.

TIV konsullik-huquqiy departamenti axboroti

25.06.2019Jamiyat

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yil 24-iyun kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyati Aris shahri harbiy qismi hududidagi portlashlar natijasida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjud emas. Bu Turkiston viloyati bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar departamenti tomonidan tasdiqlandi.

Imom Al-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida qo’lyozmalarni muhofaza qilishga doir seminar o’tkazildi

25.06.2019Jamiyat

Samarqandda Imom Al-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish Markazi (IRCICA) tashkiloti hamkorligida “O‘zbekistondagi qo‘lyozma fondlari: muhofaza qilish, kataloglashtirish va mutaxassislar malakasini oshirish” mavzusida ilmiy-amaliy va o‘quv seminari tashkil etildi, shu bilan birga, tadbir doirasida “Xalqaro islom xattotligi ko‘rgazmasi” o‘tkazildi.

Kutubxonaga xorijiy adabiyotlar olib kelinadi

25.06.2019Jamiyat

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kutubxona fondiga 758 nomdagi jami 2512 ta adabiyot olib kelinadi.

Inson huquqlari sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

25.06.2019Jamiyat

Poytaxtimizda Markaziy Osiyo mamlakatlari Ombudsmanlari uchinchi mintaqaviy maslahatlashuvi boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston olima ayollarining ixtirolari Janubiy Koreyada Gran-priga munosib ko‘rildi

24.06.2019Jamiyat

Koreya Ixtirochi ayollari Assotsiatsiyasi (KWIA), Koreya Intellektual Mulk Offici (KIPO) va Xalqaro Intellektual Mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan 20 iyundan 25 iyunga qadar Janubiy Koreyada XII Koreya Xalqaro Ixtirochi Ayollar Ko‘rgazmasi – KIWIE 2019 o‘tkazilmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga “Sahih al-Buxoriy” asarining XI asrga oid qo‘lyozmasi foto nusxasi sovg‘a qilindi

24.06.2019Jamiyat

Avval xabar berganimizdan, 21-22 iyun kunlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “O‘zbekistondagi qo‘lyozma fondlari: muhofaza qilish, kataloglashtirish va mutaxassislar malakasini oshirish” mavzusida ilmiy-amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi.

TIV konsullik-huquqiy departamenti axboroti

24.06.2019Jamiyat

Mamlakatimizning Berlin shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Shvetsiyaning Stokgolm shahrida 2019-yil 21-iyun kuni 10.09.1983-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Akmalxon Cho‘liyev ijaraga olingan kvartirada vafot etgan.

Arab kompaniyasi Oʻzbekistonda shamol elektr stansiyalarini quradi

24.06.2019Jamiyat

Arab investorlari Oʻzbekistonda umumiy quvvati 500 MVt. ga teng shamol elektr stansiyalarini quradi. Bu haqda davlat rahbarining tegishli qarori loyihasida koʻrsatib oʻtilgan.

“O‘zstandart” agentligi Akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi– APAC Bosh Assambleyasida ishtirok etdi

24.06.2019Jamiyat

Joriy yilning 19-22 iyun kunlari Akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi Bosh Assambleyasining (APAC) 2019-yildagi birinchi majlisi Singapur Respublikasida bo‘lib o‘tdi.