O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Viloyat hokimi yoshlar bilan uchrashdi

2019-05-08 | Jamiyat

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar bilan uchrashib, ochiq suhbat o‘tkazdi.

“Hayot darsi” deb nomlangan suhbatda viloyat hokimi bugungi globallashuv davrida yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish zarurligi, ta’lim olishi va kelajakda munosib kasb egasi bo‘lishi uchun barcha sharoitlar mavjudligini ta’kidladi. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan ko‘plab farmon va qarorlar, qonunosti hujjatlar haqida ma’lumot berdi. 
 
Shu bilan birga, viloyat hokimi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus haqida so‘z yuritib, bularning barchasi yosh avlod kamoloti yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
 
Yurtimizda rivojlangan davlatlardagi kabi ijtimoiy investitsiyalarni ko‘paytirishga alohida e’tibor berilayotgani, davlat va jamiyat rivoji uchun yetuk kadrlar tayyorlash maktabgacha ta’lim muassasalaridanoq boshlanayotgani quvonarli. “Bolaning bog‘chada olgan tarbiyasi uning kelajakda qanday inson bo‘lib ulg‘ayishida juda katta rol o‘ynaydi. Shu bois, tarbiyaga, farzandlarimizni milliy qadriyatlar, o‘zbekona odob-axloq ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Zotan, ertaga ular yaqinlariga mehr-oqibatli, Vatanini sevadigan, uning koriga yaraydigan inson bo‘lib kamol topsin“, dedi viloyat hokimi.
 
Tarbiya oiladan boshlanadi, ota-ona farzandlar uchun namuna bo‘lishi bilan birga, avlodlar davomchilari bo‘lmish farzandlarimizni haqiqiy vatanparvar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq etib tarbiyalashi lozim. Katta hayotga qadam qo‘yayotgan yosh oilalarda oila, hayotning muqaddasligi, ro‘zg‘or haqida tushunchalarga ega bo‘lishi kerak. Viloyat hokimi ayni masalalarga jiddiy e’tibor qaratdi.
 
Oilalarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, nikoh, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy jihatlari, oilaning muqaddasligi xususida hayotiy misollar orqali tushuntirildi.
 
Talabalarni qiynayotgan masalalar, muammolar xususida takliflar tinglandi.
 

F.Ubaydullaev, O‘zA

Поделиться