O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Poytaxt tumanlarida «Tashabbus — 2019» ko‘rik tanlovi o‘tkazilmoqda

2019-05-06 | Jamiyat

Toshketlik tadbirkorlar tomonidan qanday mahsulotlar ishlab chiqarilayotgani sizga qiziqmi, hunarmandlarning yangi va o‘ziga xos uslubdagi ijod mahsullarichi, poytaxtimizda amalga oshirilayotgan biznes loyihalariga ham befarq bo‘lmasangiz kerak? Shunday bo‘lsa ayni kunlarda shahrimiz tumanlarida o‘tkazilayotgan «Tashabbus — 2019» ko‘rik tanlovining tuman bosqichlari tadbirlarida ishtirok eting.

Toshkent shahrida «Tashabbus — 2019» ko‘rik tanlovining tuman bosqichlari 1-7 may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bugungacha tanlovning dastlabki bosqichlari Yunusobod, Shayxontohur, Sergeli, Mirobod, Yakkasaroy, Chilonzor, Yashnobod, Uchtepa va Olmazor tumanlarida bo‘lib o‘tdi. Ularda ishtirok etgan tabirkor va hunarmandlar orasidan “Sanoat sohasidagi yilning eng yaxshi tadbirkor”,        “Xizmat ko‘rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”,   “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi hunarmandi” kabi nominatsiyalarning g‘oliblari aniqlandi. Tanlovning Mirzo Ulug‘bek tuman bosqichi 7 may kuni “Sayohat” to‘yxonasida bo‘lib o‘tadi. Toshkent shahar bosqichi esa 12 iyunda “Yoshlar ijod saroyi”da o‘tkaziladi.

“Tashabbus — 2019”ning ilg‘or tashabbuslari sizga ham qiziq bo‘lsa, ushbu tadbirlarda ishtirok eting.

Поделиться