O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qahramonlar hamisha e’zozda, e’tiborda

2019-05-06 | Jamiyat

4-may kuni Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari A.Karimov boshchiligidagi bir guruh viloyat faollari Yangiyer shahri “Obod yurt” mahallasida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Seminov Aleksey xonadoniga tashrif buyurib, muhtaram Prezidentimiz tomonidan ajratilgan 7,5 million so‘m pul mablag‘i hamda viloyat hokimining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

Qahramonimiz muhtaram yurtboshimiz tomonidan urush qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan hurmat, berilayotgan e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shuningdek, mehmonlar Yangiyer shahri “Temur Malik” mahallasida istiqomat qilgan mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yurtdoshimiz Alisher Salimov xonadoniga tashrif buyurib, viloyat hokimining esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Xonadon egalari mana shunday ulug‘ kunlarda fanzandini xotirlab, ko‘rsatilgan hurmat va e’tibordan mamnun bo‘lib, muhtaram Prezidentimizga hamda viloyat hokimiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Поделиться