O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va BAA: hukumat ishini modernizatsiya qilishda strategik sheriklikni amalga oshirish

2019-05-08 | Jamiyat

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi tarkibida Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)da bo‘lib turibdi. Delegatsiya tashrifi ikki mamlakat o‘rtasida xizmatlarni rivojlantirish, institutsional samaradorlik, salohiyat va malakani oshirishga e’tibor qaratgan holda hukumatlar ishida tajriba va amaliyot almashishga qaratilgan 57 ta qo‘shma tashabbus ishga tushirilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.

Joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi samarali o‘tganligi qayd etildi. Oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, qiymati 10 milliard dollardan ortiq o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hujjatlar va investitsiya kelishuvlari imzolandi.

Joriy yilning 5 may kuni adliya vaziri R.Davletov BAA hukumat va kelajak ishlari vaziri Muhammad bin Abdulloh Al-Qarqaviy bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasida hukumat faoliyati va davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, shuningdek ushbu tashrif doirasida ikki mamlakat ekspertlarining o‘zaro aloqasiga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Bundan tashqari, ishchi guruhlarning ikki tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Shu tariqa “Hukumat samaradorligi” (“Government quality”) guruhi ikki mamlakat ekspertlaridan tashkil topgan. O‘zbekiston tomonidan uning rahbari adliya vaziri R. Davletov hisoblanadi.

Uchrashuv davomida mamlakatimiz vakillari BAA hukumatining vazirliklar va turli davlat organlarining samaradorligini baholash faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, vazirliklar va turli davlat organlari faoliyatini baholash mezonlari va ko‘rsatgichlarini belgilash masalalari ham muhokama qilindi. Davlat xizmatchilarini mukofotlash hukumat tizimi (“UAE MBR GEA Excellence Award”) taqdimoti o‘tkazildi, davlat xizmatchilari faoliyatini baholash mezonlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Mijozlar bilan muloqot qilish Milliy tizimining faoliyati, davlat va aholi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish mexanizmlari o‘rganildi. O‘zbekiston hukumat vakillarining BAA ga tashrifi davom etmoqda. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikki mamlakatning 2019—2020 yillarda turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorligiga oid “yo‘l xaritalari” ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv “Davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini oshirish” hukumatlararo dasturi ishchi guruhining ikkinchi uchrashuvi hisoblanadi. O‘zbekiston va BAA hukumat delegatsiyalarining bu kabi birinchi yig‘ilishi O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda BAA ning hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh Al-Qarqaviy ishtirokida joriy yilning aprel oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi.

Поделиться