O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yo‘qlovdan ko‘ngillar shod
2019-05-06 | Jamiyat
Shu kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida Vatanimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan faxriylarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, ular holidan xabar olinmoqda.
Bayram arafasida viloyatimizning shahar va tumanlarida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonlariga yo‘qlov tadbirlari uyushtirilmoqda. Bayram tilaklari bildirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri bugun viloyatimizning markazi Samarqand shahrida o‘tkazildi.
Keng jamoatchilikni jalb etgan holda 7 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonlariga tashrif buyurildi. Shaxsan faxriylarimiz Juma Hasanov, Seit Asanov, Grigoriy Tokarev, Sabo To‘raqulov, Demid Borunkin, Ilyaz Bulatov va Fazliddin Asliddinov bobolar nomiga muhtaram Prezidentimiz tomonidan yuborilgan tabriknoma o‘qib eshittirildi, sovg‘a, bir yo‘la to‘lanadigan mukofot puli va hokimliklarning qimmatbaho sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Bayram tantanalari viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.