O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Sankt-Peterburg shahridagi mehnat migrantlari bilan bog‘liq holat yuzasidan bayonot

30.12.2019Jamiyat

2019-yil 27-dekabr kuni BBC nashrida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridagi chet el fuqarolarini vaqtinchalik saqlab turish markazi (“Krasnoye selo”)da joylashtirilgan bir guruh o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining og‘ir sharoitlarda bo‘lganligi, O‘zbekistonga qaytish jarayoni cho‘zilib ketayotgani to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilindi. Ma’lumotda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburgdagi vakolatxonasi vakili mehnat migrantlariga ularni O‘zbekistonga qaytarish uchun guyoki davlat byudjetida mablag‘ yo‘qligini aytgani ta’kidlangan.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda elektron kutubxona tashkil etildi

26.12.2019Jamiyat

Ma’lumki, kitob o‘qigan millatning tafakkuri keng, maqsadi yuksak bo‘ladi va shu orqali u albatta ulkan marralarga yetishadi. Shuning uchun bugungi kunda jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib, qisqa vaqt ichida ushbu masalaga oid muhim farmon va qarorlar qabul qilindi.

Farg’onada O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o’rinbosari ishtirokida videoselektor yig’ilish o’tkazildi

25.12.2019Jamiyat

Farg’onada O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o’rinbosari hamda O’z xavfsizlik boshqarmasi boshlig’i ishtirokida ichki ishlar boshqarmasi va hududiy bo’linmalarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi o’tkazildi.

O‘zbekistonda ilk bor “Open Data Week Uzbekistan – 2019” ochiq ma'lumotlar haftaligi o‘tkazildi

25.12.2019Jamiyat

Shu yil 13–20-dekabr kunlari yurtimizda birinchi marta ochiq ma'lumotlar haftaligi – “Open Data Week Uzbekistan – 2019” bo‘lib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi oliy ta’limga oid tanqidiy materiallarga munosabat bildirilmoqda

25.12.2019Ta’lim

Ijtimoiy tarmoqlar orqali oliy ta’lim tizimiga oid e’lon qilinayotgan tanqidiy materiallarda ko‘tarilayotgan masalalar soha mas’ullar tomonidan o‘rganilib, o‘z vaqtida munosabat bildirib kelinmoqda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi “Telegram”da ham kanal ochdi

25.12.2019Jamiyat

2019-yil 24-dekabrdan boshlab “Telegram”da O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining o‘zbek va rus tillaridagi kanallari ochildi.

Moskva-Andijon-Moskva yo‘nalishidagi reyslar amalga oshirila boshlandi

24.12.2019Jamiyat

“Andijon” xalqaro aeroporti davomli tanaffusdan so‘ng “Uzbekistan Airports” AJ sa'y-harakatlari bilan o‘z faoliyatini qayta tiklamoqda.

Murojaatlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmoqda

24.12.2019Jamiyat

Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga murojaat qilish huquqi kafolatlangan.

Tahlil bo‘yicha navbatdagi treninglar tashkil etildi

24.12.2019Jamiyat

Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi o‘rtasida “O‘zaro hamkorlik to‘g‘risida”gi memorandumga muvofiq joriy yilning 16-21-dekabr kunlari Adliya vazirligining markaziy apparati xodimlari uchun “Axborot-tahlil faoliyati” bo‘yicha treninglar o‘tkazildi.

Davlat standartlari loyihalari ishlab chiqildi

23.12.2019Jamiyat

O’zstandart” agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti (Departament) mutaxassislari tomonidan joriy yil davomida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida bir turdagi mahsulotlarga yagona talablarni belgilovchi 10 ta davlat standartlari ishlab chiqildi. Ushbu standartlar, talablari turlicha bo‘lgan 279 ta tashkilot standartlari o‘rniga ishlab chiqilgan bo‘lib, tadbirkorlarimizga bepul beriladi.

“O‘zbekiston-Tojikiston” do‘stlik jamiyati faoliyati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi

23.12.2019Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev va Tojikiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Joriy yilning 21-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv bo‘yicha MTV ning rasmiy bayonoti

23.12.2019Jamiyat

Joriy yilning 21-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda shaxsi noma’lum ikki ayolning, telefon orqali, maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasini bolalarning zaharlanishi ayblovi orqali lavozimdan ozod qildirish maqsadida yashirin rejasi yozilgan audioyozuv tarqaldi.

Adliya vazirligida xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferentsiyasi Bosh kotibi K. Bernaskoni bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

23.12.2019Siyosat

Joriy yilning 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida adliya vaziri R.Davletov va Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferentsiyasi (XXHGK) Bosh kotibi K. Bernaskonining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha Ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi Boshqaruv qo‘mitasining Uchinchi yig‘ilishi

23.12.2019Ekologiya

2019-yil 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida BMT shafeligida tashkil etilgan Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha Ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi Boshqaruv qo‘mitasining Uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Samarqand shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazida bitiruvchilarga sertifikatlar berildi

23.12.2019Jamiyat

Joriy yilining 19-dekabr kuni Samarqand shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazida bitiruvchilar uchun tadbir tashkil etildi. Unda Janubiy Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA)ning Toshkentdagi ofisi direktori Son Sung Il, koreyalik volontyor o‘qituvchilar, Samarqand viloyat Bandlik bosh boshqarmasi vakillari, “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ sifat nazorati departamenti boshlig‘i Sh.T.Abulqosimov, “El-Xolding” MChJ bosh injeneri D.Pardayev, «SAM-FERRE» XK direktor o‘rinbosari B.Azizov va markaz bitiruvchilari qatnashdi.

Sherzod Shermatov: Jamoatchilik kengashi XTV va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishi kerak

19.12.2019Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi vazirlik va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishi kerak. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Yaponiyaning Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri bilan mehnat migratsiyasi soxasida o‘zaro ma’lumot almashish va mehnat tizimini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi

19.12.2019Jamiyat

2019-yil 18-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaning Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri, janob Kato Katsunobu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Yaponiyaning JITCO bilan tashqi mehnat migratsiyasi soxasida tashkillashtirilgan tartibda ishga yuborish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

19.12.2019Ta’lim

2019-yil 17-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov boshchiligidagi delegatsiya Ta’lim sohasida hamkorlik qiluvchi Yaponiya xalqaro tashkiloti (JITCO) raisi janob Xiroaki Yasi bilan Tokio shaxrida uchrashdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Yaponiyaning OTIT tashkiloti bilan tashqi mehnat migratsiyasi sohasini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi

19.12.2019Jamiyat

2019-yil 17-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaning “Chet ellik texnik stajyorlar malakasini oshirish tashkiloti” (OTIT) prezidenti janob Yoshio Suzuki bilan Tokioda uchrashuv o‘tkazdi.

Prezident vatandoshlarimiz bilan uchrashdi

18.12.2019Siyosat

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Nagoya universitetiga tashrifidan so‘ng Nagoya shahrida yashab, ta’lim olayotgan va fan bilan shug‘ullanayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi.