O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazida bitiruvchilarga sertifikatlar berildi

2019-12-23 | Jamiyat

Joriy yilining 19-dekabr kuni Samarqand shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazida bitiruvchilar uchun tadbir tashkil etildi. Unda Janubiy Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA)ning Toshkentdagi ofisi direktori Son Sung Il, koreyalik volontyor o‘qituvchilar, Samarqand viloyat Bandlik bosh boshqarmasi vakillari, “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ sifat nazorati departamenti boshlig‘i Sh.T.Abulqosimov, “El-Xolding” MChJ bosh injeneri D.Pardayev, «SAM-FERRE» XK direktor o‘rinbosari B.Azizov va markaz bitiruvchilari qatnashdi.

Tadbirning birinchi qismida Payvandlash ishlari mexanik texnigi bo‘limida tashkil etilgan “Santexnika o‘quv amaliyoti” ustaxonasining hamda Axborot texnologiyalari bo‘limida tashkil etilgan “Dizayn o‘quv xonasi”ning ochilish tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘quvchilarining bitiruv ishlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

So‘ng tadbir majlislar zalida davom etdi, unda Son Sung Il majlisni ochib berdi hamda bitiruvchilarga kelgusidagi ishlariga omad tiladi. Markaz direktori Son Sung Ilning fikrini davom ettirib, markazning tashkil topishi va rivojlanib borishiga o‘zlarining beminnat xizmatlari ayamay kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va KOICAga o‘z minnatdorchiligini bildirib, markazda 2019 yil davomida qilingan ishlar, erishilgan yutuqlar to‘g‘risida qisqacha hisobat taqdimotini qildi.

Shundan so‘ng mehmonlar va hamkor tashkilotlardan tashrif buyurgan vakillar tomonidan markaz 236 nafar bitiruvchilarini diplom va sertifikatlar bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Поделиться