O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘zbekiston-Tojikiston” do‘stlik jamiyati faoliyati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi

2019-12-23 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev va Tojikiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston va Tojikiston xalqlarini ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, o‘xshash madaniyat, urf-odat va an’analar bir-biriga mustahkam bog‘lab turadi.

Mamlakatlarimiz rahbarlari o‘rtasida yuzaga kelgan yaqin va ishonchli aloqa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va muntazam muloqot tufayli so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda katta ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar strategik hamkorlik darajasiga ko‘tarildi. Bu qardosh xalqlarimiz manfaatlaridan kelib chiqib, barcha sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish imkonini berdi.

Uchrashuvda “O‘zbekiston-Tojikiston” do‘stlik jamiyati faoliyati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Xususan, o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, bu borada turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, aholi bilan muloqotlar o‘tkazish, do‘stlik jamiyatining har ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Поделиться