O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Yaponiyaning JITCO bilan tashqi mehnat migratsiyasi soxasida tashkillashtirilgan tartibda ishga yuborish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

2019-12-19 | Ta’lim

2019-yil 17-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov boshchiligidagi delegatsiya Ta’lim sohasida hamkorlik qiluvchi Yaponiya xalqaro tashkiloti (JITCO) raisi janob Xiroaki Yasi bilan Tokio shaxrida uchrashdi.

Uchrashuvdan maqsad, Yaponiya davlatida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan yurtimiz fuqarolariga O‘zbekiston hududida yapon standartlariga mos keladigan boshlang‘ich darajadagi yapon tilini o‘qitish, zarur bo‘lgan kasblarga tayyorlash hamda Yaponiyaning urf-odatlari, qonun-qoidalarini o‘rgatishning samarali mexanizmlarini yaratish yuzasidan hamkorlik qilishga qaratildi.

Ta’lim sohasida hamkorlik qiluvchi Yaponiya xalqaro tashkiloti (JITCO) bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik 2012-yilning 28-may kuni imzolangan Memorandumga asosan amalga oshirib kelinmoqda.

Uchrashuv davomida tomonlar “Maxsus malakali ishchilar” - “TOKUTE GINO” dasturi asosida xorijiy mehnat resurslarini ishga qabul qilish tizimini amalga oshirish Memorandumi doirasida hamkorlik yuritish va Yaponiya ish beruvchilari hamda O‘zbekiston Respublikasi xususiy bandlik agentliklari o‘rtasidagi munosabatlar mexanizmini ishlab chiqish kabi vazifalarni kelishib oldi.

Janob Xiroaki Yasi ushbu dastur orqali O‘zbekiston fuqarolarida xizmat ko‘rsatish, xom-ashyo ishlab chiqarish, korxonalarga jihozlar ishlab chiqarish, elektr tarmoklari, elektron-axborot tizimlari, qurilish, kemasozlik, avtomobillar ishlab chiqarish, qishlok xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash singari 14 ta tarmoq bo‘yicha Yaponiya davlatining yetakchi korxonalarida mehnat qilish va tajriba orttirish imkoniyati paydo bo‘lganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Ushbu Memorandum respublikamizda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik sub'yektlari xodimlarining malakasini oshirish va shu orqali biznes faoliyatini rivojlantirishga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Поделиться