O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Yaponiyaning Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri bilan mehnat migratsiyasi soxasida o‘zaro ma’lumot almashish va mehnat tizimini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi

2019-12-19 | Jamiyat

2019-yil 18-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaning Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri, janob Kato Katsunobu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Yaponiyaning Texnik stajyorlar malakasini oshirish dasturi hamda “TOKUTE GINO” dasturi bo‘yicha Yaponiyaga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish va tajriba orttirish uchun boradigan O‘zbekiston fuqarolarining yapon ish beruvchilari bilan mehnat munosabatlari va u yerdagi korxonalarda yaratilgan mehnat sharoitlari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan fuqarolarimizga Yaponiyaning ish beruvchi korxonalarida mehnat uchun to‘lanadigan ish haki minimal miqdorlari chegarasi belgilanishi, ishchi-xodimlarga mo‘ljallangan ijtimoiy himoya mexanizmlari mavjudligi, fuqarolar sog‘lig‘i bilan bog‘lik sug‘urta xarajatlari qoplanishi, mehnat sharoitlari normasiga rioya qilinishi hamda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik shartlari asosiy mezon sifatida belgilandi.

 O‘z navbatida, Yaponiyaning Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri janob Kato Katsunobu vazirliklar o‘rtasida imzolangan  Memorandumga asosan O‘zbekistondan  keladigan maxsus malakali ishchilarni  qabul qilish va Yaponiyada ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarining shaffofligini ta’minlash doimiy tartibda alohida nazoratga olinishini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston mehnat migrantlarining huquqlari himoya qilinishi, Yaponiya fuqarolari bilan bir xil mehnat sharoitlarida ishlashi hamda ijtimoiy himoyaga ega bo‘lishini ta’minlashda Yaponiya Adliya vazirligi bilan birga nazorat o‘rnatilishi bildirildi.

Bugungi kungacha Yaponiya hukumati tomonidan faqat 9 ta  davlat bilan mehnat munosabatlari olib borilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining o‘ninchi  davlat sifatida shu ruyxatga qo‘shilganligi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Поделиться