O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligida xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferentsiyasi Bosh kotibi K. Bernaskoni bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-12-23 | Siyosat

Joriy yilning 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida adliya vaziri R.Davletov va Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferentsiyasi (XXHGK) Bosh kotibi K. Bernaskonining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: XXHGK 1893-yilda tashkil etilgan bo‘lib, xalqaro xususiy huquq (XXH) sohasidagi eng muhim ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanadi. Uning faoliyati turli davlatlar yuridik va jismoniy shaxslari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning universal tartibini yaratish, bir davlat fuqarolari huquqlarini boshqa davlatlar hududida himoya qilishga qaratilgan.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekistonning XXHGKga a’zo bo‘lishi masalasi, O‘zbekistonda XXHni rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildi, shuningdek Gaaga konferentsiyasining ustuvor konventsiyalarini ko‘rib chiqdi. 

K. Bernaskonining fikricha, chet elda fuqarolar va biznes hamjamiyatlari huquqlari himoyasini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish uchun O‘zbekiston unga a’zo bo‘lishi darkor.

Tomonlar shuningdek Toshkent davlat yuridik universitetida sohada tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi XXHni rivojlantirish Qo‘shma markazni tashkil etishga kelishib oldi.

K. Bernaskoni xalqaro huquq bo‘yicha mutaxassis sifatida unga O‘zbekistonda o‘tajak parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi bo‘lib ishtirok etish katta sharaf ekanini qayd etib, saylov uchastkalaridagi tashkiliy ishlarga yuksak baho berdi.

Поделиться