O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha Ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi Boshqaruv qo‘mitasining Uchinchi yig‘ilishi
2019-12-23 | Ekologiya
2019-yil 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida BMT shafeligida tashkil etilgan Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha Ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi Boshqaruv qo‘mitasining Uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishida BMTning O‘zbekistondagi doimiy Koordinatori Xelena Freyzer, O‘zbekiston Respublikasi hukumati, BMT agentliklari, donor mamlakatlar va nodavlat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirning maqsadi - Trast jamg‘armasining tashkiliy va amaliy masalalarini muhokama qilish, shu jumladan Orolbo‘yi mintaqasida ekologik fojiya oqibatlarini yumshatish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish uchun arizalarning Ikkinchi qabulini e’lon qilish bo‘ldi.
Boshqaruv qo‘mitasining Ikkinchi yig‘ilishida qabul qilingan qarorga muvofiq, moliyalashtirish uchun umumiy qiymati 3,1 million dollar bo‘lgan ikki loyihaviy arizalar maqqullandi - YuNFPA va YuNISEFning: "Eng zaif onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ko‘rsatiladigan perinatal yordam xizmatlaridan foydalanishni oshirish va sifatini yaxshilash" hamda BMTRD va YuNESKOning: «Qishloqlarni barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash orqali Orolbo‘yi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal etish" loyihalari bo‘yicha birgalikdagi arizalari qabul qilindi. YuNISEF va BMTTD vakillari amalga oshirilayotgan loyihalarning asosiy yutuqlari to‘g‘risida qisqacha taqdimot qildilar.
Boshqaruv qo‘mitasi a’zolari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillarining Trast jamg‘armasi faoliyati doirasida texnik yordam mablag‘larini safarbar etish hamda Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, Yaponiya va Koreya Respublikasi elchixonalari vakillarining Trast jamg‘armasiga hissa qo‘shish istiqbollari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini tinglashdi.
Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri sifatida Trast jamg‘armasi platformasida Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha Maslahat qo‘mitasini tashkil etish masalasining muhokamasi bo‘ldi.
Boshqaruv qo‘mitasi tomonidan bir ovozdan ma’qullangan Maslahat qo‘mitasining yagona platforma sifatida tashkil etilishi - hukumat, fuqarolik jamiyati va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar o‘rtasida Orolbo‘yi mintaqasi rivojlanishining turli jihatlari bo‘yicha konstruktiv suhbatni yo‘lga quyishga imkon beradi.