O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Joriy yilning 21-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv bo‘yicha MTV ning rasmiy bayonoti
2019-12-23 | Jamiyat
Joriy yilning 21-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda shaxsi noma’lum ikki ayolning, telefon orqali, maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasini bolalarning zaharlanishi ayblovi orqali lavozimdan ozod qildirish maqsadida yashirin rejasi yozilgan audioyozuv tarqaldi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi ushbu holat bo‘yicha tekshiruv boshlaganligini ma’lum qiladi. Holatni o‘rganish bo‘yicha barcha ma’lumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi. Tekshiruv natijalari haqida batafsil xabar berib boramiz.