O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Murojaatlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmoqda

2019-12-24 | Jamiyat

Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga murojaat qilish huquqi kafolatlangan.

Mazkur tamoyil asosida qabul qilingan boshqa qonun va huquqiy-me’yoriy hujjatlarda ham ushbu qoida mustahkamlangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida murojaatning shakl va turlari, uni ko‘rib chiqish va javob berish muddatlari, bunda davlat organlarining majburiyatlari aniq belgilab qo‘yilgan.

Murojaatning ana shunday qonuniy asos va kafolatlari tufayli fuqarolar o‘z huquqlaridan foydalanib tegishli idoralarga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilmoqda. Bu murojaatlar qonunda belgilangan vaqtda tegishli tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

 Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasiga 2019-yil o‘tgan 11 oyi mobaynida 45 ta yozma va elektron murojaaat kelib tushgan bo‘lib, shulardan 38 tasi jismoniy shaxslardan 7 tasi esa yuridik shaxslar tomonidan qilingan murojaatlardir.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida boshqarma, bo‘lim, guruh va bojxona postlarida qabulga kelgan 209 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki murojaatlari kshrib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-noyabrdagi “Xalq bilan muloqotni kengaytirish, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish va aholi uchun dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar rejasi” ijrosi yuzasidan har oyning oxirgi jumasida boshqarmada “ochiq eshiklar kuni” o‘tkazib kelinadi.

 Ushbu “Ochiq eshiklar kuni”da jismoniy va yuridik shaxslar boshqarma rahbariyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarining bajarilishini ta’minlash, fuqarolarning murojaat qilish huquqidan samarali foydalanishiga erishishda boshqarma tomonidan keng aholi qatlami o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari, boshqarmada tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari hamda mas’ul xodimlarining sayyor qabullari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Поделиться