O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda elektron kutubxona tashkil etildi

2019-12-26 | Jamiyat

Ma’lumki, kitob o‘qigan millatning tafakkuri keng, maqsadi yuksak bo‘ladi va shu orqali u albatta ulkan marralarga yetishadi. Shuning uchun bugungi kunda jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib, qisqa vaqt ichida ushbu masalaga oid muhim farmon va qarorlar qabul qilindi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta tashabbusning ko‘lami va ahamiyati beqiyosdir. Ana shu tashabbuslarni yurtimiz bo‘ylab tizimli ravishda hayotga joriy etish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish borasida “Buxoro HETK” AJda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan,  bu yerda kompyuter texnologiyalaridan foydalanilib, energetika sohasida texnika xavfsizligi, elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘zida mujassam etgan kitoblardan iborat elektron kutubxona yaratildi. Shu bilan birgalikda   elektron kutubxona foydalanuvchilariga qulaylik yaratish maqsadida Android operatsion tizimida ishlovchi smartfonlar uchun mobil ilova ham ishlab chiqildi.

Mobil ilovani yuklab olganingizdan so‘ng QR-kodli elektron kutubxonadan kerakli kitob tanlanadi va aynan shu kitobga tegishli QR-kod smartfon kamerasi orqali skaner qilinadi. Identifikatsiya jarayonidan keyin smartfon ekranida tanlangan elektron kitobni yuklash uchun havola paydo bo‘lib, ushbu havolani brauzerda ochish orqali elektron kitobni smartfonda o‘qish hamda kelgusida undan foydalanish maqsadida smartfon xotirasiga  yuklab olish mumkin.

 

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.

Поделиться