O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tahlil bo‘yicha navbatdagi treninglar tashkil etildi
2019-12-24 | Jamiyat
Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi o‘rtasida “O‘zaro hamkorlik to‘g‘risida”gi memorandumga muvofiq joriy yilning 16-21-dekabr kunlari Adliya vazirligining markaziy apparati xodimlari uchun “Axborot-tahlil faoliyati” bo‘yicha treninglar o‘tkazildi.
O‘qish davomida tinglovchilar axborot bilan ishlash asoslari, axborot-tahliliy ishning printsiplari va uslublari, tahliliy tadqiqot uslubiyoti va boshqa shu kabilar bilan tanishdilar.
O‘qish davrida tinglovchilar tahliliy hujjatlar yozish orqali o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tayyorlangan hujjatlar asosida o‘qituvchilar tinglovchilarning tahlil qobiliyatlari va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif-tavsiyalar berib o‘tishdi.