O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moskva-Andijon-Moskva yo‘nalishidagi reyslar amalga oshirila boshlandi

2019-12-24 | Jamiyat

“Andijon” xalqaro aeroporti davomli tanaffusdan so‘ng “Uzbekistan Airports” AJ sa'y-harakatlari bilan o‘z faoliyatini qayta tiklamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi aviatsion hukumati tomonidan olingan ruxsatga muvofiq, joriy yilning 22-dekabridan Rossiyaning “IrAero” aviakompaniyasi “Superjet-100” samolyotida Moskva-Andijon-Moskva yo‘nalishidagi reyslarni amalga oshira boshladi. “IrAero” – Rossiya Federatsiyasining 1999-yilda asos solingan aviakompaniyasi. Aviakompaniya muntazam ravishda butun Rossiya hamda yaqin xorijiy mamlakatlar hududlari bo‘ylab yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanadi.

Farg‘ona vodiysining transport tarmoqlaridan biri hisoblangan Andijon aerodromi 1954-yilda qurilgan. Oxirgi muntazam reys – Andijon-Toshkent yo‘nalishida o‘tgan yilning oktyabr oyida VS Boeing-757 havo kemasida amalga oshirilgan. “Uzbekistan Airports” AJ Transport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan xorijiy sayyohlarni respublikaga jalb qilishga doir qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston aeroportlariga aviareyslar sonini oshirish hamda parvozlar geografiyasini kengaytirish bo‘yicha faol ishlashda davom etadi. 

Поделиться