Vazir Nozim Xusanov Namangan viloyati Chust tumanida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi
Birinchi manzil Chust tumani “Mustaqillik” MFYda joylashgan Chust pedagogika kolleji binosida tashkil etilgan o‘quv markazi bo‘lib, u yerdagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, hozirda markazda 11 ta yo‘nalishda (elektromontyor, payvandchilik, santexnika, tikuvchilik, ayollar va erkaklar sartaroshi, komp'yuter savodxonligi, 1-S buxgalteriya, non va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish, tokarlik, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda oshpaz qandolatchilik) 2 smenada 174 nafar ishsiz, migrant, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar kasb-hunarga o‘qitilmoqda.
Bundan tashqari, Chust 2-sonli kasb-hunar kollejidagi tikuvchilik, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, traktor- mashinist, axborot vositalari mashinalari va komp'yuter tarmoqlari operatori kabi yo‘nalishlarning jixoz va uskunalar bilan ta'minlanganligi holati ham o‘rganildi.
Keyingi manzil esa “Kamarsada” MFYda davom etib, u erda yashovchi fuqaro usta-shogird an'analari bo‘yicha do‘ppichilik bilan shug‘ullanuvchi Shermatova Mavludaxon faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi