O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston diplomatlari Moskva viloyatidagi vatandoshlarning mehnat qilish va yashash sharoitlari bilan tanishdi

2021-02-14 | Jamiyat

Rossiyada mehnat faoliyatini yuritayotgan yurtdoshlarimizning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularning ishlash va yashash sharoitlari bilan tanishish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish doirasida mamlakatimizning Moskvadagi elchixonasi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari bilan Moskva viloyatida joylashgan «Deloviye linii» («Ishbilarmonlar yo‘nalishi») transport-logistika kompaniyasi ofisida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Elchixona maʼlumotiga ko‘ra, «Deloviye linii» kompaniyasi tashkilotlarga va jismoniy shaxslarga yuklarni tashish bo‘yicha transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatib keladi. Ayni paytda butun Rossiya bo‘ylab kompaniyaning 240 ta bo‘limi mavjud bo‘lib, ularda 1 ming 400 dan ortiq o‘zbekistonlik mutaxassis mehnat qiladi.
 
Kompaniya bosh direktorining o‘rinbosari Stanislav Yershov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Rossiya tomonining manfaatlarini hisobga olgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishchi kadrlar bilan taʼminlash uchun O‘zbekistonda kadrlarni tanlab olish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
 
O‘zbekistonlik diplomatlar vatandoshlarning mehnat qilish va yashash sharoitlari tartiblari bilan yaqindan tanishdi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться