O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Qizilravot” mahallasida yechimini kutayotgan muammolar bartaraf etilmoqda

2021-02-08 | Jamiyat

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Turg‘un Qirg‘izboev Romitan tumani markazidan salkam 240 kilometr uzoqda joylashgan “Qizilravot” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla faollari hamda Ishchi guruh a'zolari ishtirokida aholi muammolarini o‘rgandi.

Dastlab hududda olib borilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari, ko‘cha va xonadonlarning tozaligi, saranjom-sarishtaligiga alohida e'tibor qaratilib, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarning xonadonlarida hasharlar uyushtirildi. Mahallaning ichki tuproq ko‘chalariga tosh to‘kilib, tekislandi. Qurilish ishlariga 2 ta yuk mashinasi, 1 ta yo‘l tekislovchi mashina hamda 2 ta ekskavator transport vositalari jalb etildi. Shu bilan birga hashar orqali 22 ta aholi uy-joylarining devorlari oqlanib, 56 ta xonadon hovlisi tartibga keltirildi. 200 metr masofadagi yo‘l bo‘ylari esa maxsus texnikalar yordamida tozalandi.
 
Boshqarma boshlig‘i T.Qirg‘izboev, shuningdek, mahalla aholisining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va ularni “Mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla” tamoyili asosida tizimli hal etish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini xodimlariga amaliy-uslubiy tavsiyalar berdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться