O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya vazirligi tomonidan budjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi xodimlarning birinchi darajali to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilib kelinmoqda

2021-02-08 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi budjet tashkilotlarida ishlovchi хodimlarga ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash, shuningdek, hozirgi kunda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash choralarini ta’minlash bo‘yicha ham uzluksiz faoliyatini davom ettirgan holda to‘lovlarni amalga oshirib kelmoqda.

Ushbu muhim vazifalar ijrosini to‘laqonli ta’minlash maqsadida, G‘aznachilik bilan budjet tashkilotlari o’rtasida “onlayn” ravishda ma’lumotlar almashinuvi tizimli yo‘lga qo’yilgan.

Joriy yilning 5 fevral kuniga G‘aznachilik tomonidan budjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi хodimlarning budjet mablag‘lari hisobidan yanvar oyi ikkinchi yarmi uchun jami 2 132,1 mlrd. somlik (90 foiz) ish haqi va unga tenglashtirilgan tolovlar to‘lab berildi.

Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida budjet tashkilotlari tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun yakuniy hisob-kitoblar bo‘yicha taqdim etilgan so‘rovnomalarga asosan to‘lab berilishi ta’minlanmoqda.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться