O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Navoiyda aholi muammolarini tinglamoqda

2021-02-06 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Raxmat Mamatov Navoiy viloyatida bo‘lib, aholi muammolari bilan yaqindan tanishdi.

Vazir boshchiligidagi mutasaddilar joylarda bo‘lib, aholini qiynayotgan muammolarni o‘rgandi va ularga amaliy yechim izladi.

Navbahor tumanining chekka hududlaridan hisoblangan “Uchtut”, “Mehnat” mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida 37-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘yingohida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vaziri Raxmat Mamatov, viloyat Mahalla va oilani ko‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Azamat O‘roqov, tuman hokimi Lochin Oblaqulov va tumandagi tashkilot, korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolarning aksariyati joyida bartaraf etildi. Jumladan, aholi xonadonlariga 106 dona gaz to‘ldirilgan maishiy gaz ballon tarqatilgan bo‘lsa, 600 metr uzunlikdagi 2ta ichki xo‘jalik yo‘llarida qum-shag‘al aralashmasi yordamida ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Bundan tashqari, bitta ichki xo‘jalik yo‘li bo‘ylab o‘rnatilgan 400 metr masofadagi elektr uzatish tarmog‘i kabellari tartibga keltirildi, 1 dona transformator joriy ta’mirlandi. Ushbu hududdagi toza ichimlik suvi quvurlaridagi nosozliklar to‘liq bartaraf etildi. Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi xonadonlari tartibga keltirildi. Ushbu mahallalardagi yirik va mayda shoxli mollarni kasalliklarga qarshi emlash tadbirlari tashkil etildi.

Aholi xonadonlaridagi 41ta nosoz gaz uskunasidagi kamchiliklar bartaraf etildi. Tuman IIB xodimlari tomonidan ushbu mahallardagi notinch, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi.

Vazir viloyatning olis tumanlaridan biri Uchquduq tumaniga ham tashrif buyurib, aholini qiynab kelayotgan muammolar bilan qiziqdi.

Tuman markazidan 60 km. uzoqda joylashgan “Oltin tov” OFY Qulquduq ovulida bo‘lgan vazir boshchiligidagi mutasaddilar aholi bilan suhbat o‘tkazdi. Suhbat so‘ngida fuqarolar yig‘iniga televizor va kasanachi-tikuvchi Kalmanbetova Gulbanuga tikuv mashinkasi sovg‘a qilindi. Shuningdek, 1- va 12-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qituvchilar bilan suhbatlashish jarayonida maktablarning moddiy texnika bazasi va hududda kitobxonlikni targ‘ib qilish ishlari tahlil qilindi. Uchrashuvlar chog‘ida o‘quvchilar uchun qozoq tilidagi badiiy adabiyotlar yetishmovchiligi muammosini hal qilish choralari belgilandi.

Vazir R.Mamatov Qiziltepa tumanining “Gulbog‘” va “Ayronchi” MFYlarni obod manzilga aylantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishidi.

Tashrif davomida jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachalari va 5 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar vakiliga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

O‘rganish ishlari davom etmoqda.

Abduvali Bo‘riyev

Manba: O'zA

Поделиться