O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Avlod” mahallasidagi aholi tomorqalari ko‘zdan kechirildi

2021-02-14 | Jamiyat

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov boshchiligidagi Ishchi guruh guruh ahzolari Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi eng olis hududlardan biri — “Avlod” mahallasiga tashrif buyurdi hamda bu yerdagi mavjud muammolarni atroflicha o‘rgandi.

Shuningdek, aholi bandligini ta'minlash, xonadonlardagi tomorqa yerlaridan unumli foydalanish borasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
 
“Avlod” mahallasida yashovchi fuqaro Eshpo‘lat Qulboev hozirda o‘z xonadonida issiqxona tashkil etib, mahalladagi 3 nafar fuqaroni ish bilan ta'minlab kelmoqda. Vazir R.Mamatov xonadon egasi bilan bu yerda yetishtirilayotgan bulg‘or qalampiri va pomidor ko‘chatlarini yetishtirish borasida suhbat olib bordi hamda o‘z tavsiyalarini berdi.
 
Mahalla fuqarolaridan yana biri — Nurboy Toshpo‘latov o‘z xonadonida qishki karam mahsulotlarini yetishtirib, hozirga qadar ko‘plab xorij davlatlariga eksport qilib kelmoqda. Shuningdek, mahalliy tadbirkor Azamat Xudoyqulov ham o‘zi yetishtirayotgan yeryong‘oq mahsulotini eksport qilishga tayyorlamoqda. A. Xudoyqulov mazkur tadbirkorlik faoliyati natijasida ayni damda 35 kishini mavsumiy ish bilan ta'minlagan. Mazkur tadbirkorlar bilan olib borilgan suhbat davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha hudud mas'ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
 
Hududda olib borilgan o‘rganishlar davomida mahalladagi “Musulmonxon” qabristonining obodonlashtirish, yoshlarni sportga jalb etish, mahalladagi sport maydonchasini ta'mirlash bo‘yicha tuman hokimligi va boshqa mutasaddi xodimlariga zarur topshiriqlar berildi. Bundan tashqari tadbirkor Xudoyberdi Allayorov tomonidan bildirilgan, Avlod” mahallasi uchun davlat sherikchiligi asosida yangi bino qurish taklifi vazir R.Mamatov tomonidan ma'qullandi hamda buning uchun zarur hujjatlar tayyorlash ishlari boshlab yuborildi.
 
Tashrif davomida aholi bilan o‘tkazilgan qator uchrashuvlar davomida aniqlangan mahalladagi ichki yo‘llarni kengaytirish hamda ta'mirlash, yo‘llar chetidagi devor va daraxtlarni oqlash bo‘yicha mutasaddi tashkilot vakillariga zarur torshiriqlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться