O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasi ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi

2020-11-01 | Jamiyat

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka “mahallabay” yetkazish, joylarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida aholining barcha qatlamlarini to‘la qamrab olish, mahallalarda arzonlashtirilgan narxlarda kutubxonalar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov pandemiya davridadavlatimiz tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bunda birinchi navbatda ehtiyojmand qatlam vakillariga katta e'tibor qaratish maqsadida “Temir daftar” hamda yoshlar va ayollarning bandligini ta'minlash maqsadida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni shakllantirish yo‘lga qo‘yilganligini ta'kidladi. Shuningdek, mazkur islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, uning har bir kishi hayoti, farzandlari kelajagiga ta'sirini tushuntirish, bu boradagi ishlarni “mahallabay” tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali ijrosi bo‘yicha tizim mutasaddilariga alohida vazifalar yuklatilganligini aytib o‘tdi. 
 
Unga ko‘ra, bir yil davomida har oyda barcha tumanlar va shaharlarda hamda mahallalarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi. Har bir tadbir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlardan kelib chiqib, yangicha nom va g‘oyaasosida tashkil etiladi. Rejaga asosan, joriy yilning noyabr' oyida o‘tkaziladigan targ‘ibot tadbirlari “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasi ostida o‘tkaziladi.
 
Targ‘ibot guruhlari joylarga chiqqan holda aholini yurtimizda va dunyoda bo‘layotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan xabardor qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, xalqimizga xos azaliy qadriyatlarni aholi orasida targ‘ib qilish, bunda har bir tuman va shaharning o‘ziga xos xususiyatlari, aholining yosh toifasi, oilalar tarkibini inobatga olish zarurligi belgilangan.
 
Yig‘ilishda ushbu muhim tadbirlarni o‘tkazishda Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. 
 
Tuman va shaharlarda, mahallalarda o‘tkaziladigan madaniy-ma'rifiy, targ‘ibot tadbirlariga aholi, birinchi navbatda, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand xotin-qizlar, keksa avlod vakillarini jalb etishga alohida e'tibor qaratish zarurligi aytib o‘tildi. Bunda Vazirlikning tuman va shaharbo‘limlari tomonidan mahalla raislari bilan hamkorlikda ishtirok etuvchilar ro‘yxati shakllantiriladi va bu tadbirlarda taniqli olimlar, san'atkorlar, sportchilarning ishtiroki ta'minlanadi. 
 
Videoselektor davomida mahallalarda kitob savdo yarmarkalarini arzonlashtirilgan narxlarda tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlarga ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, kitobxonlikni keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida mahalla va tuman miqyosida o‘tkaziladigan ikki bosqichli “Eng kitobxon oila”, “Eng kitobxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi. 
 
Tadbirda karantin qoidalari hamda hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda mahalla, tuman, viloyat miqyosidagi uch bosqichli ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish, nuroniy, yoshlar va xotin-qizlarni jismoniy tarbiya va sport-chiniqtirish tadbirlariga keng jalb etish borasida ishlarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
 
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться