Vazir o‘rinbosari Azizbek Ikramov qoraqapog‘istonlik aholi muammolarini o‘rganish maqsadida hududga tashrif buyurdi
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikramov rahbarlarligidagi Ishchi guruh mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholi muammolari hamda ularning kelib chiqish sabablari va omillari, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish va kelgusi vazifalarni muhokama etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.
Bir necha kun davom etgan tashrif davomida joylarda mahalla raislari va o‘rinbosarlarining faoliyati chuqur o‘rganilib, bu borada erishilayotgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, vazirlik faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga quyishda sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarning oldiga qo‘yilgan vazifalariga to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi majlislar zalida Ishchi guruh vakillari tomonidan hududlarda olib borilgan o‘rganishlar natijasiga oid o‘tkazilgan yig‘ilishda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizimni joriy etish, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, “Ayollar daftari”ni shakllantirishda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla va oila institutlarini mustahkamlash borasidagi masalalar bo‘yicha mahallalarda o‘rganilgan ishlar tuman (shahar) lar kesimda muhokama qilindi. Ayniqsa mahallalarda to‘planib qolgan muammo va kamchiliklarga samarali yechim topishda barcha sa'y-harakatlarni birlashtirish shartligi ta'kidlandi.
Tadbirda «Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash» g‘oyasi ostida o‘tkaziladigan targ‘ibot tadbirlarida vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarga ham alohida e'tibor qaratildi. Jumladan, tuman, shahar va mahallalarda o‘tkaziladigan madaniy-ma'rifiy, targ‘ibot tadbirlariga aholi, birinchi navbatda, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar, uyushmagan yoshlar, extiyojmand xotin-qizlar, keksa avlod vakillarini jalb etish alohida qayd etib o‘tildi. Bunda vazirlikning tuman va shahar bo‘limlari tomonidan mahalla raislari bilan hamkorlikda qatnashuvchilar ro‘yxati shakllantiriladi va bu tadbirlarda taniqli olimlar, san'atkorlar, sportchilarning ishtiroki ta'minlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Axborot xizmati.