O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mahalla tizimi xodimlari ish faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

2020-10-25 | Jamiyat

Bugun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida mahallalarda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizimni joriy etish, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, “Ayollar daftari”ni shakllantirishda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla va oila institutlarini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov joriy yilning 9 oyi davomida tizimda olib borilgan ishlar tahlili tanqidiy ko‘rib chiqilgan mazkur yig‘ilish avvalida yurtimizdagi oilaviy tadbir va yig‘inlar ba'zi fuqarolarimiz tomonidan karantin qoidalariga rioya etilmasdan o‘tkazilayotganligi natijasida mavjud epidemologik holat hamon keskinligicha saqlanib qolayotganligini alohida qayd etib o‘tdi. Shu sababli to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazishda fuqarolarimizning mavjud tartiblarga qat'iy rioya etishlari uchun mahalla xodimlari va profilaktika inspektorlarining mas'uliyati katta ekanligini ta'kidladi.
 
Yig‘ilishda ta'kidlanganidek, endilikda yurtimizda xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi ish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Ya'ni har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “Ayollar daftari” shakllantirilib, xotin-qizlarni ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlash, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo‘lgan ishsiz ayollar bilan tizimli, manzilli ish olib borish yo‘lga qo‘yiladi.
 
Vazir R.Mamatov o‘z so‘zi davomida joylarda oilalarni mustahkamlash, ularning mavjud muammolarini aniqlash va hal etish borasida olib borilayotgan ishlarga tanqidiy baho berar ekan, joriy yilning 9 oyi davomida notinch oilalarning umumiy soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaygan bo‘lsada, Toshkent shahri, Navoiy, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon, Jizzax va Buxoro viloyatlarida bu kabi oilalar soni oshganligini ta'kidlab o‘tdi. Oilaviy ajralishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaygan, ammo Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida ko‘payish holati qayd etilgan.
 
Videoselektor yig‘ilishida yoshlar ta'lim-tarbiyasini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ijtimoiy faol keksa avlod vakillarini keng jalb etish borasida olib borilayotgan ishlarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Aytib o‘tilganidek, mahallalardagi obro‘-e'tiborli keksa avlod vakillarini tarbiyasi og‘ir yoshlar, notinch, ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalarga biriktirish choralari ko‘rilmayapti. Natijada yuqorida aytib o‘tganimizdek, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida turli huquqbuzarlik holatlari kuzatilmoqda.
 
Yig‘ilish davomida fuqaro murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha olib borilayotgan jarayonlar ham talabga javob bermasligi, OAV hamda ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali soha faoliyati, shuningdek, fuqarolar hayotiga oid tanqidiy materiallarga aksariyat hududiy bo‘linmalar tezkorlik bilan joyiga chiqqan holda o‘rganishni asossiz kechiktirayotganligi tahliliy misollar asosida qayd etib o‘tildi.
 
Videoselektor davomida vazirlik hamda hududiy bo‘linmalar mas'ul rahbarlarining belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha axboroti eshitildi. Faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga o‘rnatilgan tartibda tegishli jazo choralari ko‘rildi.
 
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Axborot xizmati.

Поделиться