O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoro viloyatidagi mahallalar faoliyati o‘rganildi

2020-11-06 | Jamiyat

Ichki ishlar, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlaridan iborat Respublika Ishchi guruhi a'zolari mahallalarda ijtimoiy-maishiy muammolarni aniqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida olib borilayotgan hamkorlikdagi ishlarni monitoring qilish maqsadida Buxoro viloyatida bo‘ldi.

Bundan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-sonli Farmoni hamda 2020-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4602-sonli qarori ijrosi yuzasidan mahallalarda o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish ko‘zda tutilgan bo‘lib, dastlab Buxoro shahar hokimligida Ishchi guruhning tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
 
Shundan so‘ng, Ishchi guruh a'zolari tomonidan Buxoro va Kogon shahri, Jondor va Romitan tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvaatlash bo‘limlari ish faoliyati o‘rganilib, soha vakillariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.
 
Jumladan, Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D.Azizov Kogon shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi va hududdagi “Temiryo‘lchilar” mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
 
O‘rganishlar yakunida mahalla faollari bilan fuqarolar yig‘ini faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.
 
Bundan tashqari, Ishchi guruh Buxoro shahridagi “Behishtiyon” va “Sadriddin Ayniy” mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham bo‘lib, soha xodimlariga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
 
Ma'lumot o‘rnida aytish joiz, Respublika Ishchi guruhi a'zolari tomonidan joriy yilning 5-8 noyabr' kunlari viloyatning 13 ta shahar va tumani, shuningdek, tanlov asosida hududlardagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganishlar o‘tkaziladi.
 
https://t.me/mahallavaoilainfo

Поделиться