O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro valyuta jamg'armasi missiyasi faoliyatining natijalari sarhisob qilindi

2020-11-09 | Iqtisodiyot

2020-yil 6-noyabr kuni Davlat statistika qo’mitasida Xalqaro valyuta jamg'armasining statistika boshqarmasi real sektor bo'limi katta iqtisodchisi Brayan Graf boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg'armasining ishlab chiqaruvchilar narxlari indekslari statistikasi bo'yicha masofaviy texnik yordam missiyasi bilan yakuniy yig'ilishi onlayn tarzda bo'lib o'tdi.

Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Xolmurodov Dilshod Ibragimovich olib bordi. Shuningdek, uchrashuvda narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig'i Muxtor Umarov va ushbu bo'limning mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.

Tomonlar missiya davomida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida fikr almashdilar. O’z navbatida Brayan Graf missiya ishlarni sarhisob qilib, iste'mol narxlari indeksini tuzish bo'yicha o'z tavsiyalarini bildirdi.

Tadbir so’nggida har ikki tomon vakillari narxlar statistikasini takomillashtirish bo'yicha kelgusidagi hamkorlikni yana davom ettirishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Поделиться