O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijonda “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ning elektron bazasi shakllantirilmoqda

2020-10-30 | Yoshlar

Davlatimiz rahbari topshirigʻi asosida Andijonda ayollar va yoshlarning jamiyatdagi rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Ushbu maqsadda Andijon shahar 1-sektorida ham tuman hokimligi, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda mahalla faollaridan iborat ishchi guruh aʼzolari xonadonma-xonadon yurib, yoshlar va ayollar muammolarini oʻrganmoqda. Suhbat davomidagi oʻrganishlar asnosida “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari” shakllantirilmoqda.
 
Xatlov jarayonini tez kunlarda yakunlash va har bir xonadonning elektron bazasini yaratish maqsadida kuchaytirilgan tartibda ish tashkil etilgan boʻlib, Andijon shahar hokimligida 70 kishidan iborat ishchi guruh faoliyat olib bormoqda. Kunlik maʼlumotlarni elektron bazaga sifatli va tez kiritgan ishchi guruh aʼzolari ragʻbatlantirib borilmoqda.
 
Zuhriddin UMURZOQOV(surat)
 

Manba: O'zA

Поделиться