Vazir Rahmat Mamatov ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbirida o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi
Ma'lumki, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” hamda yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularning axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbusni hayotga samarali tatbiq etish, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatini har bir mahalla aholisiga yetkazish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etuvchi Ishchi guruh a'zolari ishtirokida maxsus o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov mazkur o‘quv mashg‘ulotida “Mahallada jamoa va fuqarolar o‘rtasida pozitiv kayfiyatni shakllantirish” mavzusidagi o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
Vazir R.Mamatov ma'ruza davomida mahalla xodimlarining aholi orasida pozitiv kayfiyatni shakllantirish hamda uning odamlar turmush tarzidagi o‘ziga xos ahamiyati, bugungi islohotlar negizida xalqimizning dunyoqarashini oshirishda tizim mutasaddilaridan qanday kasbiy va shaxsiy xislatlar talab etilishiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Vazir R.Mamatov 194 nafar mahalla tizimi mutasaddilari, jamoatchilik vakillari hamda ma'naviyat sohasi vakillari ishtirokidagi mazkur o‘quv-seminar so‘nggida tinglovchilarning mavzuga oid savollariga atroflicha javob berdi.