O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kambagʻallikni qisqartirish eng muhim vazifa

2020-11-02 | Jamiyat

“Yuksalish” umummilliy harakati Fargʻona viloyati hududiy boʻlinmasi tomonidan Fargʻona tumanida davlatimiz rahbarining joriy yil 26-martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi yuzasidan jamoatchilik eshituvi oʻtkazildi.

Unda tuman hokimining oʻrinbosarlari, mahalliy kengash deputatlari, tashkilot va idoralar rahbarlari qatnashdi.
 
Fargʻona tumani chegaradosh hudud hisoblanib, bu yerda 213 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Tumanda aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, xususan kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha manzilli dasturlar ishlab chiqilgan. Tuman hokimi, 1-sektor rahbari joriy yil iyul oyida ehtiyojmand aholini ishga joylashtirish koʻrsatkichi eng past boʻlgani bois lavozimidan ozod qilindi.
 
Tumanda joriy yilning oʻtgan davrida 21 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilib, 692 nafar kishi ish bilan taʼminlandi. Yil yakuniga qadar qoʻshimcha 16 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi hamda 1 ming 138 nafar yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Shuningdek, 16 ta loyiha tashabbuskorlari tomonidan 3 million 153 ming AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya va kredit oʻzlashtirildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash ham doimiy eʼtiborda.
 
Aholini ish bilan taʼminlash muhim vazifalardan biridir. Tumanda 8 ming 830 nafar ishsizlar bor. Bugungi kunda sektor rahbarlari tomonidan ularning bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Joriy yilning oʻtgan davrida 7 ming 544 nafar aholi ishga joylashtirildi. 3 ming 151 nafar ishsiz fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilindi. “Temir daftar”ga kiritilgan 389 nafar aholiga issiqxona va urugʻliklar olish uchun subsidiyalar berildi. 2 ta kooperativ tashkil qilinib, 80 nafar ishsizlar unga biriktirildi.
 
Jamoatchilik eshituvida tumanda istiqomat qilayotgan ijtimoiy ximoyaga muxtoj oilalarning ayollarini kasbga oʻrgatish, ularni uy-joy bilan taʼminlash hamda “temir daftar”ga kiritilgan oilalarning aʼzolarini ishga joylashtirish boʻyicha ishlar tahlil qilindi. Bu boʻyicha mutassadi tashkilotlar rahbarlari axborot berdi.
 
– Bundan tashqari, Zoom platformasi orqali kuzatib borgan faol fuqarolardan kelgan savollarga javob berildi, – deydi “Yuksalish” umummilliy harakati Fargʻona viloyati hududiy boʻlinmasi rahbari Dilafroʻz Qosimova. – Jamoatchilik eshituvi vaqtida tumanda “temir daftar” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarning 3 nafar aʼzolari ishsizligi va kasbi boʻyicha ish izlayotgani haqida tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga murojaat qildi. Markaz tomonidan taklif etilgan joylarga mazkur fuqarolar ishga joylandi.
 
Tadbir yakunida tumanda kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
 

 

M.SULAYMONOV

Manba: O'zA

Поделиться