O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida aholi bandligini ta’minlash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbarligida vazirlik va idoralardan tashkil topgan ishchi guruh tashkil etildi

2020-11-01 | Jamiyat

Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida aholi bandligini ta’minlash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbarligida vazirlik va idoralardan tashkil topgan ishchi guruh tashkil etildi, ishchi guruhning asosiy vazifasi hududdagi ishsiz fuqarolarni korxona va tashkilotlardagi mavjud vakansiyalarga, zaxiralangan (kvota) ish o‘rinlariga, investisiya va tijorat banklari loyixalari hisobiga yaratiladigan yangi ish o‘rinlariga hamda mutaxassisilik talab etilmaydigan ishlarga ishsiz fuqarolarni jalb etib ularning bandligini ta’minlashdan iborat bo‘ladi.

Shuningdek, aloxida kasbiy maxorat talab etiladigan ish joylariga fuqarolarni jalb etish uchun qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etib ularni kasb va hunarga o‘qitib ishga joylashtirish, ishsiz tomorqa yer egalariga yengil konstruksiyali issiqxonalar qurib berish, Xitoy tajribasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish kooperativlarini tashkil etib, ishsiz fuqarolarini a’zo sifatida biriktirish, xorijda ishlamokchi bo‘lgan fukarolarning kasbiy va chet tillari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib, ularni xorijiy davlatlarning mehnat va migrasiya qonunchiligiga o‘qitishni tashkil etish rejalashtirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Поделиться