O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida

2021-02-13 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–6096-son Farmoniga muvofiq hamda iqtisodiyotga xususiy investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish maqsadida:

1. Халқаро konsalting, auditorlik va investitsiya maslahatchilari, investitsiya banklari va boshqa ixtisoslashgan kompaniyalarni (keyingi o‘rinlarda – professional tashkilotlar) jalb etgan holda davlat aktivlarini xususiylashtirishning zamonaviy usullarini joriy etish amaliyoti boshlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq mazkur Farmonning 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan davlat aktivlarini ommaviy savdolarga qo‘yishda va ularni sotish jarayonlarini tashkil etishda:

professional tashkilotlarni jalb etish Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki “UzAssets” investitsiya kompaniyasi tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida amalga oshiriladi. Bunda, ular bilan tuziladigan shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish talab etilmaydi;

professional tashkilotlar tomonidan davlat aktivlarini sotish maqsadida aniqlangan qiymat yoki qiymatlar oralig‘i (baholash faoliyatining milliy standarti talablaridan qat’i nazar) savdo jarayonida mo‘ljal sifatida hisobga olinishiga ruxsat beriladi;

baholash tashkilotining baholash to‘g‘risidagi hisobotida tavsiya etilgan va uning ekspertiza xulosasida aniqlangan narxni davlat aktivining boshlang‘ich narxi sifatida majburiy belgilash to‘g‘risidagi talab amal qilmaydi;

Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat комиссиясига davlat aktivlarining boshlang‘ich narxini e’lon qilmagan holda sotish to‘g‘risida e’lonlar berish hamda 2 tadan kam bo‘lmagan takliflar orasida eng yaxshisi asosida sotish bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolati beriladi (baholash to‘g‘risidagi hisobotda tavsiya etilgan va ekspertiza xulosasida aniqlangan narxdan qat’i nazar).

3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-avgustga qadar davlat mulkini xususiylashtirishda baholovchi tashkilotlarni tanlash, ularning xizmatlari qiymatini aniqlash va to‘lashning eng yaxshi tijorat takliflarini tanlab olish tartibini joriy etsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

5. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va javobgar etib Bosh vazirning o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov belgilansin.

Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

            Prezidenti                      Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2021-yil 11-fevral

Manba: O'zA

Поделиться