O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston – Afg‘oniston hamkorligining amaliy jihatlari muhokama qilindi

2021-02-14 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Afg‘oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar va Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Muhammad Shokir Korgar bilan videokonferensiya shaklida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari hamda savdo-iqtisodiy, transport va logistika, madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro kelishuvlar amalga oshirilishini muhokama qildi.

Toshkent shahrida joriy yilning 2-fevral kuni bo‘lib o‘tgan tegishli yuqori darajadagi uch tomonlama ishchi guruhning yig‘ilishi yakunida qabul qilingan “Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor” temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” doirasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari kun tartibining markazidan joy egalladi. Muhokama davomida mavjud masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib hal etildi, shuningdek, erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini jadallashtirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilab olindi.
 
Muloqotda “Surxon — Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini qurish loyihasining hayotga tatbiq etilishi haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Tomonlar qurilish ishlarini tashkil etish, logistika, zarur asbob-uskunalar yetkazib berish, ishchilarning xavfsizligini ta'minlash va boshqa jihatlar bilan bog‘liq qator masalalarni muhokama qildilar. Mazkur loyihani ro‘yobga chiqarishni jadallashtirishga qaratilgan yaqin hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
Shu nuqtai nazardan, tomonlar Afg‘onistonda transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qator loyihalarni hayotga tatbiq etish doirasida o‘zbek kompaniyalarini muhandislik va qurilish ishlarini bajarish uchun pudratchi tashkilotlar sifatida jalb etish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
 
Ikki mamlakat tadbirkorlarini qo‘shma investitsiya va savdo faoliyatiga faol jalb etish chora-tadbirlari yuzasidan fikr almashildi. Shu maqsadda o‘zbekistonlik bo‘lajak sheriklar bilan qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun bir guruh afg‘onistonlik tadbirkorlarning Termiz shahriga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.
 
Muzokara chog‘ida kon qazib chiqarish, neft'-gaz, energetika, avtomobilsozlik va to‘qimachilik sanoati, shuningdek, Afg‘onistonda qishloq xo‘jaligi, irrigasiya va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga O‘zbekiston xususiy kompaniyalarini jalb etish bo‘yicha takliflar bildirildi va ko‘rib chiqildi. Ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari ekspertlari va mutaxassislari ishtirokida aniq loyihaviy takliflarni hamkorlikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
 
Tomonlar, shuningdek, yaqin kelajakda imzolash maqsadida Investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni hamda O‘zaro savdoni rag‘batlantirish to‘g‘risida bitimni ishlab chiqishni tezlashtirishga kelishib oldilar. Muzokara qatnashchilarining fikricha, bu qadam o‘zbek va afg‘on tadbirkorlari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarining barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.
 
Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik alohida muhokama qilindi – temir yo‘llarni qurish va boshqarish, energetika va qishloq xo‘jaligi sohalarida afg‘on mutaxassislari uchun ixtisoslashtirilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish masalasi hal etildi.
 
Muzokara yakunlari bo‘yicha 2021 yilga mo‘ljallangan kompleks Tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tezkor ravishda tasdiqlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Ushbu reja barcha erishilgan kelishuvlar, ma'qullangan loyihalar va tashabbuslarni o‘z ichiga olib, ularni samarali amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama muvofiqlashtirilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Mazkur harakat rejasi kelayotgan hafta davomida kelishib olinadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться