O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

2021-02-15 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi) faoliyatini har tomonlama takomillashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi, Bosh prokuratura, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, shuningdek, "O‘zstandart" agentligi, uning tarkibiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar rahbariyati ishtirok etdi.
 
Idoraning joriy faoliyati va Respublikadagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasining holati tanqidiy ko‘rib chiqildi. Mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozorda raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omillardan biri bo‘lgan milliy qonunchilik zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq emasligi qayd etildi. Shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish, sertifikatlash va akkreditasiya qilish milliy tizimining shaffofligi talab darajasida emasligi ham ta'kidlandi.
 
Agentlik rahbariyati va xodimlarining mahalliy eksportchi tadbirkorlarni amaliy qo‘llab-quvvatlash, xususan, xalqaro sertifikatlarni olishga ko‘maklashish masalalariga yetarli darajada jalb etilmaganligi qayd etildi. Bunday sertifikatlarning mavjudligi istiqbolli tashqi bozorlarga chiqish va eksport salohiyatini oshirish uchun zarur shartlardan biri hisoblanadi.
 
Muhokama chog‘ida Agentlik rahbariyati tashkilot faoliyatidagi eng dolzarb masalalarni tilga oldi va ularni hal etish bo‘yicha takliflarini bildirdi. Jumladan, “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti” (Standartlar instituti) va "O‘zbekiston ilmiy sinov va sifatni nazorat qilish markazi" DUK (Uztest) faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish bilan Agentlikning ijro etuvchi apparati tarkibini optimallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar e'tibor qaratildi.
 
Shuningdek, xalqaro standartlarning mahalliy korxonalar tomonidan tatbiq etilishining joriy holati, sinov laboratoriyalarining texnik holati va amaldagi me'yoriy talablarni umume'tirof etilgan me'yorlarga uyg‘unlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobotlar tinglandi.
 
Mas'ul rahbarlarga standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirish, xususan, bir qator qonun hujjatlarini, ya'ni “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”, “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”, shuningdek, “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlarni qayta ko‘rib chiqish va yangi tahrirda olib kirish ishlarini faollashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
 
Mahsulotlarning texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash tizimini yaxshilash, jumladan, bojxona jarayonida texnik reglamentlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini joriy etish hamda xavf tahlili va tanlanma asosida ekspertiza o‘tkazish orqali mahsulot sifatini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadigan jarayonlarni amaliyotga kiritish bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar berildi.
 
Joriy yilda tadbirkorlar bilan manzilli ishlashga urg‘u berilishi ta'kidlandi – turli tarmoqlardagi 13,7 ming korxonada standartlarga rioya qilish va mahsulot sifatini ta'minlashni nazorat etish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazish, 5200ta yangi standartlarni joriy etish, 6 ming korxonada, shu jumladan, 437ta klaster turidagi korxonada mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 1723ta milliy standartni va 12ta texnik reglamentni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, shuningdek, ushbu sohadagi 2 mingga yaqin mutaxassisning malakasini oshirish bo‘yicha choralar qabul qilish ko‘zda tutilgan.
 
Bundan tashqari, YeI, YeOII, AQSh, XXR, BAA, Eron, Hindiston, Janubiy Koreya, Pokiston va Afg‘onistonga olib kirilayotgan tovarlarga ko‘llaniladigan amaldagi talablar va texnik cheklovlar to‘g‘risida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportchilarga atroflicha axborot berish bo‘yicha bir qator tadbirlar rejalashtirilgan.
 
Muhokama yakunida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi tadbirlar belgilandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться