O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vengriya Bosh vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2021-02-17 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi doirasida Vengriya Bosh vaziri V.Orban Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovni qabul qildi.

Muloqot davomida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik istiqbollari hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni kuchaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
 
Vengriyaning yetakchi kompaniyalari va ilg‘or texnologiyalarini O‘zbekistonga, birinchi navbatda, chorvachilik, qishloq xo‘jaligi, kimyo, farmasevtika, oziq-ovqat sanoati kabi yo‘nalishlarga jalb qilish orqali investitsiya sohasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning muhim istiqbollari belgilandi. Shu nuqtai nazardan, tashkil etilayotgan O‘zbekiston – Vengriya ishbilarmonlik Kengashining roli alohida ta'kidlandi. Tomonlarning fikriga ko‘ra, Kengash ikki mamlakat ishbilarmon doiralarini birlashtirish va istiqbolli investitsiya loyihalarini hamjihatlikda ishlab chiqish uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, yaqin kelajakda uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha masalalar ham muhokama etildi.
 
Tomonlar o‘zaro savdoning rivojlanish jihatlariga to‘xtalar ekan, Budapesht shahrida ikki tomonlama savdo hamkorligini yanada kengaytirishga ko‘maklashish, ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish hamda O‘zbekiston va Vengriya mahsulotlarini istiqbolli bozorlarga yo‘naltirishga mo‘ljallangan O‘zbekiston – Vengriya savdo uyining ochilishini mamnuniyat bilan olqishladilar.
 
Iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yo‘nalishida tomonlar iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning alohida o‘rnini qayd etib, uning samaradorligini investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy sohalardagi o‘zaro harakatlarning keng doiradagi masalalarini hal etishda barqaror mexanizm ekanligini ta'kidladilar.
 
O‘zbekiston tarafi Vengriya hukumatiga O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi va “GSP+” Preferensiyalar bosh tizimining benefisiar maqomini olishida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.
 
Suhbat davomida bir tomondan Markaziy Osiyo davlatlari va ikkinchi tomondan Vengriya shu yilning 1 iyunidan boshlab raisligini qabul qiladigan “Vishegrad guruhi” davlatlari o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.
 
Uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishini muhokama qilish va har ikki tomon manfaatdor bo‘lgan investitsiyaviy hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini hal qilish uchun Hukumatlararo komissiyalar hamraislari darajasida muntazam ikki tomonlama muzokaralar amaliyotini joriy etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться