O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namangan viloyati: qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlar va aniq tadbirlar belgilandi

2021-02-20 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 20-fevral kuni Namangan shahridagi studiyadan videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligida hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida Davlat rahbari tomonidan Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta'minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etishni muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan vazifalar har tomonlama ko‘rib chiqildi, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
 
Amalga oshirilayotgan loyihalarning samarali monitoringini ta'minlash va hayotga tatbiq etishda yordam ko‘rsatish maqsadida ularga vazirliklar, idoralar va tijorat banklari hamda mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari biriktirilishini ta'minlash topshirildi.
 
Shuningdek, sanoatda sezilarli o‘sishni ta'minlash, eksport salohiyatini oshirish va ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan yirik sanoat loyihalarini ishlab chiqishga urg‘u bergan holda shu jumladan, loyiha ofisini tashkil etish hisobiga, yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqishni faollashtirish zarurligi ta'kidlandi.
 
Tarmoqlar kesimida joriy yilda viloyatda istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlari va amalga oshirilishi rejalashtirilgan aniq loyihalar muhokama qilindi. Ayrim rahbarlarga loyihalarning iqtisodiy jihatdan asoslanganligini va turdosh tarmoqlarni rivojlantirishni rag‘batlantirishga samara berishini hisobga olib loyihalarni ishlab chiqish va tanlash tamoyillarini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
 
Aholini tadbirkorlik va ishlab chiqarishga jalb etish maqsadida mahallalar hududida kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha, jumladan “Dashtbog‘” kichik sanoat zonasida tatbiq etilgan tajribani Namangan viloyatining barcha 12 tumani va Namangan shahrida qo‘llash va istiqbolda respublikamizning barcha hududlariga tarqatish vazifalari muhokama etildi. Mas'ul rahbarlarga ushbu tashabbusni amalga oshirishda har tomonlama yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish topshirildi.
 
Infratuzilmani rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlash masalalari ko‘rib chiqildi, xususan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning past ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadigan sohalarga alohida e'tibor qaratildi. Ular bo‘yicha ishsiz aholining keng qatlamlarini ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish imkonini beruvchi loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish orqali muhandislik infratuzilmasini modernizasiya qilish va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan alohida dasturlar ishlab chiqiladi.
 
Mavjud muammolarni atroflicha tahlil etish va ularni hal qilish yuzasidan tezkor chora-tadbirlar ko‘rish, shuningdek, sanoat va iqtisodiy o‘sishning yangi imkoniyatlarini aniqlash maqsadida mahalla raislari va mahalliy aholi bilan o‘zaro hamkorlikning bevosita va barqaror mexanizmlarini yaratish zarurligi ta'kidlandi.
 
Yig‘ilish yakunida mutasaddi rahbarlarga belgilangan vazifalar doirasida aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Ushbu topshiriqlar ijrosining kunlik o‘zgarishlari nazorat qilib boriladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться