O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan va istiqbolli investitsiya loyihalari o‘rganildi

2021-02-24 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 23-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatining Paxtakor va Do‘stlik tumanlariga tashrif buyurdi.

Paxtakor tumanida “Silverleaf” kompaniyasi (AQSh) direktori Den Patterson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda hududda faoliyat yuritib kelayotgan paxta-to‘qimachilik klasterining ishlab chiqarish jarayoni muhokama qilindi. Viloyat va tuman rahbariyati ishtirokida kechgan suhbat davomida klasterning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq amaliy masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi, samaradorlikni oshirish usullari hamda Amerikaning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish orqali ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va mahsulotning qo‘shilgan qiymatini oshirish hisobiga amerikalik investorning O‘zbekistondagi faoliyatini yanada kengaytirish istiqbollari haqida so‘z bordi.
 
Mavjud masalalarni hal etish uchun samarali mexanizmlar ishlab chiqildi va klaster rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga oid navbatdagi tadbirlar belgilandi.
 
Do‘stlik tumaniga amalga oshirilgan tashrif chog‘ida tarmoq idoralari va birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida tumanni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
 
Qishloq xo‘jaligi, sanoat va ijtimoiy sohaning turli yo‘nalishlariga innovasiyalarni keng joriy etishga qaratilgan yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish orqali Do‘stlik tumanini “innovasiyalar tumaniga” aylantirish vazifasi qo‘yilgani ma'lum qilindi.
 
Mutasaddi rahbarlar bajarilgan ishlar bo‘yicha natijalarini taqdim etdi, istiqbolli loyiha takliflari taqdimotini o‘tkazdi va qo‘yilgan vazifani tarmoqlar kesimida ijro etish bo‘yicha o‘z qarashlarini bayon qildi.
 
Taqdim etilgan g‘oya va takliflarni ko‘rib chiqish chog‘ida mavjud muammolarni tahlil qilish va kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samarasini maksimallashtiruvchi loyiha takliflarini ishlab chiqishda tizimli yondashuvni qo‘llash zarurligi borasida alohida fikr-mulohazalar bildirildi.
 
Innovasion yechimlarning energiya samaradorligi va tejamkorligini, shuningdek, ularning ishlab chiqarish quvvatlari oshishi va o‘zaro bog‘liq tarmoqlarning rivojlanishiga ta'sirini hisobga olish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi.
 
Shuningdek, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida innovasiyalarni qo‘llash bo‘yicha yangi g‘oya va takliflarni ishlab chiqishda yoshlar salohiyatidan foydalanish istiqbolga ega ekanligi ta'kidlandi.
 
Muhokama yakunida ishchi guruh a'zolariga belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish va qisqa vaqt ichida aniq natijalarga erishishni ta'minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться