O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston va Finlandiya oʻrtasida hamkorlik kuchaytiriladi

2019-02-18 | Ta’lim

Taʼlim sifatini oshirishda Finlandiya bilan hamkorlik qilinadi.

Bugun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.Toshkenboyev boshchiligida Finlandiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Mariya Liivala, Yuvyaskul amaliy fanlar universiteti vakillari assistent Irina Ambrosin, strategik rivojlanish boʻlimi boshligʻi Liina Liymateynen, Global taʼlim xizmatlari menejeri Xeykki Pusa, maslahatchi Yoxanna Xeykkilya, ijtimoiy fanlar va sogʻliqni saqlash maktabi direktori Pertti Malkki, “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Komila Sultonova bilan hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
 
Uchrashuvning kirish qismida Inspeksiya rahbari tomonidan finlandiyalik mehmonlarga inspeksiya faoliyati boʻyicha, inspeksiya tashkil etilganligiga koʻp vaqt boʻlmasa-da amalga oshirilgan koʻplab samarali ishlar boʻyicha umumiy maʼlumotlar berildi. Xususan,taʼlim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, oʻquv tarbiya jarayonlari sifatini nazorat qilish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, nodavlat taʼlim muassasalariga litsenziyalar berishni tashkil etish, oliy taʼlim muassasalarining reytinglarini aniqlash, taʼlim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish borasida koʻplab ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Qolaversa, hukumat qaroriga koʻra barcha taʼlim muassasalari faoliyatiga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan yagona integratsion maʼlumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha boshlangan choralar haqida ham tushunchalar berildi.
 
Shundan soʻng, Global taʼlim xizmatlari menejeri Xeykki Pusa Finlandiyadagi taʼlim tizimi, faoliyat va yoʻnalishlar doirasida taʼlim sifatini oshirish mexanizmlari, sifatni taʼminlashdagi milliy tizimi, baholash va sifatni boshqarish jarayonlari haqida tushunchalar berib oʻtdi. Shuningdek, taʼlim, sogʻliqni saqlash va xizmat koʻrsatish sohasida doimiy hamkorlik olib borish taklifini berdi.Shuningdek, suhbat chogʻida Yuvyaskul amaliy fanlar universiteti vakillari tomonidan mazkur universitet faoliyati boʻyicha asosiy maʼlumotlar berib oʻtildi.
 
Jumladan, ushbu taʼlim muassasasi 8 ta taʼlim yoʻnalishida, yaʼni pedagogikadan turizmgacha boʻlgan katta masshtabda faoliyat olib boradi. Qolaversa, Finlandiya taʼlim tizimini boshqa davlatlarda tatbiq qilish boʻyicha dunyoning 50 dan ortiq davlatlarida 300 dan ortiq hamkorlik loyihalariga ega, shu bilan bir qatorda, mazkur universitet har yili 650 dan ortiq talabaning almashinuvida ishtirok etadi.
 
Uchrashuv yakunida esa taʼlim sifatini yuqori bosqichga koʻtarishda Oʻzbekiston va Finlandiya oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.
 
 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
matbuot xizmati

Поделиться