O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xorijdagi oʻzbekistonliklarni ishga taklif qiladi
2019-02-22 | Jamiyat
Yurtimizda ilk marotaba Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan xorijiy mamlakatlarda taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik yoshlar uchun “Career Bridge” loyihasi doirasida videokonferensiya oʻtkazildi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot shaklida tashkil etilgan videokonferensiyada Rossiya, Yaponiya, Turkiya va Latviyadagi yetakchi oliy taʼlim muassasalarining 2000 nafardan ortiq bitiruvchilari ishtirok etdi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi onlayn-konferensiyada soʻnggi yillarda sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga oliy taʼlim tizimida mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida taqdimot oʻtkazdi.
Onlayn-muloqotda vazirlik xorijdagi vatandoshlarimizni oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda ishtirok etishga va vatanimiz ravnaqiga birgalikda hissa qoʻshishga chaqirdi.