O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Халқ таълими вазирлиги тўғрисидаги низом тасдиқланди

2019-02-20 | Ta’lim

Hukumat qarori bilan Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, bir qator qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari, oromgohlar, tahririyatlar, “Mehribonlik” uylari vazirlik tarkibiga kirishi belgilandi.

Umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida oʻquvchilarning maʼnaviy axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish vazirlikning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Nizom bilan vazirlik hamda uning hududiy boshqarma va boʻlimlarining vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari belgilandi.

Vazirlikka Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi.

Vazirning besh nafar oʻrinbosari, jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri va hududiy boʻlinmalari rahbarlarini lavozimiga tayinlash va ozod etish bevosita Vazir tomonidan davlat hokimiyati organlari roziligisiz amalga oshiriladi.

Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi.

Поделиться