O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Polsha Respublikasi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv
2019-02-18 | Ta’lim
Maktabgacha taʼlim vazirligida Polsha respublikasi elchixonasi vakillari va vazirlik mutaxassislarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.Uchrashuvda maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin hamda Polsha respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Pyotr Ivashkevichlar hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Muloqot chogʻida vazir maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, hal qilinishi lozim boʻlgan masalalar haqida maʼlumot berdi. Elchi ikki mamlakat maktabgacha taʼlim tizimining oʻxshash jihatlari haqida toʻxtalar ekan, Polsha bu borada tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.Hamkorlik yoʻnalishlari sifatida kadrlar tayyorlash, inklyuziv taʼlim hamda tajriba almashish koʻrsatildi.
Elchi bu yoʻnalishda Polsha, YUNISЕF loyihalaridagi ishtirokidan tashqari, hukumatlararo kelishuvlar asosida, toʻgʻridan toʻgʻri samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi mumkinligini bildirdi.Agrippina Shin Pyotr Ivashkevichni Nukus shahrida barpo etilgan maxsus MTM va reabilitatsiya Markazi tantanali ochilish marosimiga taklif etdi.