O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda EGRA va EGMA baholash tadqiqotlari oʻtkaziladi

2019-02-22 | Ta’lim

2019-yilning 18-fevral kuni Xalq taʼlimi vazirligi hamda AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekistondagi boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish va matematika fanlaridan bilim darajalarini baholash tizimi muhokama etildi. Mazkur yigʻilishga Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Umarov rahbarlik qildi.

Uchrashuv doirasida oʻquvchilarning oʻqish (EGRA) va matematika (EGMA) boʻyicha qobiliyatlarni baholash tadqiqotlarini oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi. Mazkur tadqiqotlar boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻzlashtirishini yaxshilash hamda taʼlim jarayonidagi kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi.

Ushbu baholash tizimi dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida qoʻllaniladi. Shuningdek, PISA, TIMSS, PIRLS kabi oʻquvchilar bilimi darajasini baholash uchun xalqaro tadqiqotlar hamda dasturlar tayyorlash uchun yaxshi vosita hisoblanadi.

Uchrashuv davomida byudjet va homiylik mablagʻlari masalasi boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligiga amerikalik ekspertlarni jalb etish ham muhokama qilindi.

Alohida taʼkidlash joiz, 2018-yilning oktyabr oyida Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiyasi Qoʻshma Shtatlarga tashrif buyurib, USAID vakillari bilan hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama etgan edi. Ushbu uchrashuv Qoʻshma Shtatlardagi muzokaralarning mantiqiy davomi boʻldi.

Поделиться